I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar: 1. Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomi-
da o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning al-
mashtirilishiga sabab boladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa
tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki
rad etiladi. Tezis mazmunining torayishi yoki kengayishi ham
bahs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, res-
publikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g'oyaning
ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jami-
yatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga
harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis
almashinadi.
2. Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish.
Bahs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponentning shax
siy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida
fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb
ta’kidlash tezisning almashinishiga sabab boladi. Bunday xatoga
ataylab yo‘1 qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir
qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga
urinish ham tezisni almashtirish hisoblanadi.
3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning
almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga
undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A
hodisadan В kelib chiqsa, lekin В hodisadan A kelib chiqmasa,
unda A hodisani ifodalovchi tezis В hodisani ifodalovchi tezis
dan kuchliroq boladi. Masalan, «А shaxs birinchi bolib janjalni
boshlamagan» degan tezis (B) o‘rniga, «А shaxs umuman jan-
jal bolgan yerda yo‘q edi» degan tezisni (A) isbotlashga harakat
qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bolmaydi, chunki A shaxsning
janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor.