ma’noda amaliyotdan farq qiluvchi aqliy faoliyat turini ifodalaydi.
Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid tasawurlar,
tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, shu so-
hani yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklidir.
Nazariya ilmiy bilishning shakli sifatida empirik va nazariy bos-
qichlarning birligini ifodalaydi.
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, tizim
ga solinib, turli xil jadvallar, shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan
bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar,
empirik qonunlar shakllanadi.
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida
hosil qilingan, lekin o‘zaro aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar
o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu
asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni
yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bogliq.
Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mav
jud. Nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilin
gan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruv-
chi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalar
o'rnatishga, predmet haqida yaxlit tasawur hosil qilish, uning
mohiyatini tushuntirishga bolgan ehtiyoj bilan belgilanadi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, nazariyaga quyidagicha ta’rif
berish mumkin:
Yüklə
Dostları ilə paylaş: