eng asosiy vositalardan biri — savol-javob (dialog)dir. Savol-javob-
ni tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushuncha-
larning shakllanishiga, mulohazalarini to‘g'ri qurishga va xulosa
chiqarishga o£rgatadi.
Savol-javob, dialog erotematik (grek. yerotematikos — savol
shaklida) mantiqda o‘rganiladi. Savol mantiqiy reallikning
o‘ziga xos alohida ko£rinishidir. Savol berish, ya’ni fikrni to‘g‘ri
javobga yo‘naltirish san’ati — tafakkurlash madaniyatining zaru-
riy elementidir. Mantiqan to‘g‘ri savollarni qo‘ya bilish aqllilik,
farosatlilikning muhim belgisidir. Savol nima? Savol — keng
ma’noda tafakkur shakli bolib, uning yordamida qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun ma’lum turdagi bilimlarning yetish-
maslik (tanqislik) holati tilda ifodalanadi1. Inson bilimi predmet
va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan mulohazalardan yan
gi, ularni toldiradigan, kengaytiradigan mulohazalarni yara-
tishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savol
larni qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir boladi. Savol
so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun, undagi ma’lumot
yakunlanmagan boladi. Mulohaza va so£roq gap bilishda turli-
cha vazifalarni bajaradi. Mulohazaning vazifasi predmet haqi
dagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bolsa, savol uning
yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, aniqlashga,
o£rganishga qaratilgan boladi. Savollar iltimos yoki talab qilib
beriladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: