sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z
«hissa»siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin
Kornilov: «Juda ko‘p irfoniy tushuncha — istilohlarning sharhi
muhabbatga borib taqaladi», — der ekan, ayni haqiqatni aytadi1.
Na ezgulikni,
na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonpar-
varlikni muhabbatsiz tasaw ur etib bo‘lmaydi.
Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko‘pgina tushuncha-
lardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi — nafrat.
Nafrat
tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U
aksil muhabbat tarzida namoyon boladi, obyektdan chetlashish-
ni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi
nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko‘rinishidir.
Nafratning ularga nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifa
tida mavjudligidir.
Ezgulik va yovuzlik. Ezgulik
- eng muhim axloqiy kat-
egoriyalardan biridir. Ezgulik inson faoliyatining asl mohiyati
ni anglatadi. Shu nuqtayi nazardan ezgulik insonga eng kuchli
m a’naviy lazzat baglshlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib,
haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka jamiyatni
esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi qadriyat sifatida baholanadi.
Ezgulikning' o‘ziga xos xususiyati shundaki u insonning axloqiy
faoliyati tufayli muayyanlashadi va bevosita
axloqiy xatti-harakat
natijsaida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari ezgulikda manfaatdan
ko‘ra umummanfaat ustuvor hisoblanadi.
Ezgulik yuksak axloqiylik sifatida jamiyatning ijtimoiy taraq
qiyot hodisasi nuqtayi nazaridan bir qator xususiyatlarga ega. U:
— stixiyali ko‘r-ko‘rona ishlar emas, balki insonning shaxsiy
manfaatlaridan jamiyat va xalq manfaatining yuksakligiga asos
langan oqilona xatti-harakatlar natijasi;
— majburiylik emas, balki vijdon amri bilan amalga oshiri-
ladigan axloqiy voqelik;
— inson axloqiy idealiga muvofiq
keladigan real axloqiy mu-
nosabatning ijobiy mazmuni;
Yüklə
Dostları ilə paylaş: