Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma’nosida
nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga
yuzaga
keldi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Lekin bu tamoyil-
ning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari o‘rta asrlar va un-
dan keyingi davrlardagi m a’rifatparvarlar hayotida shakllanganini
e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va
intellektual — aqliy taraqqiyot bilan bogliq.
Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa
yoki guruhga mansublik
m a’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer-dehqon ham, haydovchi
ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko‘rishi va atrofda-
gilar tomonidan: «Ha, falonchimi,
juda ajoyib, ziyoli odam-da»,
degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bolishlari mumkin. Bunda
u odamning kasbidan qat’i nazar, ham bilim, ham fahm-farosat,
ham oliy maqsadlar egasi ekani tushuniladi.
Shunday qilib, zi
yolilik asosida insonning ma’naviy-ma’rifiy yuksakligi, qalbidagi
ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilana-
digan xatti-harakatlar yotadi.
Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolarning munosabatida esa
ikki xil yondashuv ko‘zga tashlanadi. Ularning faol va ilg‘or qis-
mi, millatning o‘zagini tashkil etadigan ko‘pchilik
odamlar zi-
yolilarga havas bilan qaraydilar, ziyolilarning xatti-harakatlarini
nafaqat m a’qullaydilar, balki o‘z farzandlari va yaqinlariga na-
muna qilib ko‘rsatadilar. Ammo oddiy
aholilik majburiyatidan
boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma» deb atalib kelina-
digan ijtimoiy qatlam kishilari, ularning ma’lumotlari oliy yoki
o‘rtaligidan qat’i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat bilan
o‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar.
Ana shu xudbin va mah-
dud «omma» qaysi yerda kamayib borsa, o‘sha jamiyatda taraqqi
yot yuksak darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng ma’nodagi
fidoyilikdir. Shu bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda
ziyolilik tamoyilini har bir fuqaroga singdirish uchun muntazam
kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma’naviyatni yuksalti-
rish orqali ro'yobga chiqadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: