va «botil»ligi haqida «Hidoya»da shunday deyiladi: «Mut’a birorta
ayolga: men sendan falon muddatga faloncha pul evaziga (jinsiy)
foydalanaman» — deyishdir.
Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tar
biyasiga ta’siri. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va
farzandlar mas’uliyati.
Har bir insonning shakllanishi,
voyaga
yetishi, o‘zini shaxs sifatida namoyon etishida u tarbiya topgan
oiladagi tarbiyaning, ma’naviy-ruhiy muhitning o‘rni kattadir.
Shuning uchun ham ajdodlarimiz qurilajak oilaning mustahkam-
ligini ta’minlaydigan jihatlarga alohida e’tibor qaratganlar.
Yetti
pushtini surishtirishdan tortib, oilaviy tutum ini, mahalladoshlari-
ning bolajak qudalar, kuyov yoki kelin haqidagi fikrlarini, kasbu
korini batafsil o‘rganishgan. Yosh oila asoschilarining oila qu-
rishga tayyorgarligini hisobga olish esa eng muhim omil sanalgan.
Haqiqatan ham, yoshlarning jismonan yetuklikka erishgani
hali ularni oila qurishga tayyorligini bildirmaydi. Qachonki, ikki
yosh ham kichik jamiyat, ya’ni oilani barpo
etishga ruhan tayyor
bo‘lsalar, shundagina to‘kis oila bunyod bolishi mumkin. Mu-
taxassislarning fikrlariga qaraganda, bugungi kunda ayrim ota-
onalar orzu-istaklarini tezroq ro‘yobga chiqarish maqsadida yoki
farzandi oldidagi mas’uliyatdan qochish uchunmi, farzandlarini
erta turmush qurishga undashmoqda.
Ming afsuski, bu ko‘pincha
ajralishlar bilan tugamoqda.
Oilada er-xotin bir-biri bilan nafaqat sevgi-muhabbat rishtalari
orqali bog‘langan, balki iqtisodiy-ijtimoiy, m a’naviy-tarbiyaviy,
eng muhimi avlodlarni dunyoga keltirish,
tarbiyalash va jami-
yatga yetkazib berishdek o‘ta mas’uliyatli vazifa bilan ham o‘zaro
bog‘liqdirlar. Chunki «oila hayotning, avlodlarning davomiyligini
ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, kelajak nasl-
lar qanday inson bolib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan
tarbiya o'chogldir»1. Bunda ularning maqsad-muddaolari uyg‘un,
intilishlari mushtarak bolishi katta ahamiyat kasb etadi.
Oila insonning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga sha-
roit tug‘diradigan, ruhan orom oladigan
makoni bolishi bilan
Yüklə
Dostları ilə paylaş: