Falsafa asoslari


Giddens E. Sosiologiya. — Т.: «Sharq», 2002. — 442 b


səhifə169/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   221
Falsafa asoslari

1 Giddens E. Sosiologiya. — Т.: «Sharq», 2002. — 442 b.
303


Oiladagi ruhiy-ma’naviy muhitning buzilishi
ota-onasi 
o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bolalarda o‘zining juda yomon aso- 
ratlarini qoldiradi. Chunki oilada kamol topayotgan farzandlar 
ham ularning muomala-munosabatidan, o‘zini tutishidan namu- 
na oladi. Muammolarni obyektiv baholab, hal etish o‘rniga ota 
so‘kinishni odat qilsa, ichkilikka ruju qo‘ysa, ona sabr-toqatni 
unutib, andishasiz gap-so‘zlarga erk bersa, farzandlar tarbiyasiga 
befarq bolsa, bunday oilaning poydevori darz ketishi shubhasiz. 
Falsafa fanlari doktori Viktor Alimasov bu haqda shunday yozadi: 
«Zavjasi bebaxtu o‘zi baxtiyor erni ham, eri bebaxtu o‘zi baxtiyor 
xotinni ham uchratmadim. Baxt ham, bebaxt ham ahlda barobar 
taqsimlanadi»1. Demak, oilaviy baxtda ham uyg'unlik, bir-birini 
tushuna olish muhimdir.
Bugun mahallalardagi komissiyalar tomonidan oilalarning ij­
timoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga oid masalalar yuzasidan bir 
qator ijobiy ishlar, xususan oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal 
etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, aholining ijtimoiy himoya- 
ga muhtoj qatlamini manzilli qo‘llab-quwatlash, xususiy tadbir- 
korlik va oilaviy biznesni rivojlantirish borasida keng kolam li ish­
lar amalga oshirilmoqda. Komissiyalar tomonidan olib borilgan 
amaliy ishlar natijasida oilaviy ajrimlar soni 50 foizga, notinch 
oilalar 30 foizga qisqarganini ta’kidlash lozim. Bir kun janjal 
chiqqan joydan qirq kun baraka ketadi, deydi xalqimiz.
Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va jamiyat hayotidagi nu- 
fuzini ta’kidlash bilan birgalikda, uning mustahkamlovchi ka- 
folatli omillarining rolini o‘rganish, ayniqsa, yoshlarni oilaviy 
hayotga tayyorlash katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masala 
b o lib qolmoqda. Mamlakatimizda 2017-yil davomida 306197 ta 
oila jamiyatimizga qo‘shilgan bolsa, shu yilgacha qayd qilingan 
nikohlarni 31930 tasi bekor qilingan. Taqqoslash uchun 2016-yil- 
da 275048 ta nikoh qayd qilingan va 29321 ta nikoh bekor qi­
lingan. Ajralishlar soni 2016-yilga nisbatan 2609 taga yoki 8,1% 
ko‘paygan. Ushbu ajralishlar FXDYO organlari orqali 621 taga 
(1,9 %) va sud qarori asosida 1988 taga (6,2%) ko'paygan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin