2017-yil nikohi bekor qilingan oilalarni tahlil qilinganda
1—8 yilgacha o‘zaro er-xotin sifatida yashab keyin ajrashganlar
soni 18575 ta yoki 58%, shundan 2 yildan 3 yilgacha birga ya
shab 5174 ta (16,2%), 4 yildan 5 yilgacha birga yashab 5524 ta
(17,3%) si ajrashgan. 50 yil birga yashab «Oltin to ‘ylari» bolgan
23 ta oila ajrashgan. 60, 63, 65 va 67 yil yashagan bittadan oila
ajrashgan1.
Oila hayoti shunday murakkab jarayonki, har bir holat yetti
olchab, bir kesishni taqozo qiladi. Yengil-yelpilik, o‘zi bolarchilik
ketmaydi. Oilaviy hayotda qo‘yilgan bittagina noto‘g‘ri qadam bir
umrga tatishi mumkin. Tinchlik-osoyishtalik bolm agan oilada
barkamol farzand voyaga yetishi juda qiyin. Bunday oilada farzand
ko‘ngli ocksik, ruhi siniq b o lib o‘sadi. Qush inida ko‘rganini qila
di deganlaridek, ota-ona farzandiga o‘rnak b o la olishi har qanday
tarbiya vositalaridan ustun va ishonchlidir. Bolalar ota-onasiga
taqlid qilishni yaxshi ko‘radi, oiladagi bolaga aytib, gapirib, pand-
nasihat berib tarbiya berilganidan ko‘ra, amalda ko‘rsatib, namuna
bolib tarbiyalash har doim ham samarali kechgan.
Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni.
Jamiyatning tinchligi, barqarorligi, taraqqiyoti yoki tanazzuli, tom
m a’noda aytganda ekzistensiyasi, ya’ni mavjudligini ta’minlovchi
ijtimoiy me’yorlar yaralishiga ko‘ra moddiy-iqtisodiy, siyosiy-ijti-
moiy omillar bilan belgilanishi mumkin, ammo uning avloddan-
avlodga uzluksiz o lib borishining birlamchi negizi avvalo tarbi-
yadir.
«Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon;
insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bolgan xususiyatlar-
ga ega bolishini ta’minlash yolida ko‘riladigan chora-tadbirlar
yig'indisi. Odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan
qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga
0
‘tadi»2.
Demak berilgan ta’rifdan ham bilsa boladiki, insoniyatning bu-
Yüklə
Dostları ilə paylaş: