Falsafa asoslari


Muomala madaniyati va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati


səhifə174/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   221
Falsafa asoslari

Muomala madaniyati va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati. 
Ax­
loqiy madaniyatning muomala odobi, etiket, kasbiy odob kabi 
tarkibiy qismlari mavjud b o lib inson hayoti, faoliyatida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Muomala madaniyati axloqiy madaniyat­
ning tarkibiy qismidir.
«Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha 
sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo 
munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qollaniladi. 
Muomala madaniyati keng ma’noda insonning butun hayoti 
va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon b olib, u oilada, 
jamiyatda, jam oada shakllanadi. Muomala madaniyati inson­
ning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dun- 
yoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi. Muomalaning 
«madaniyat» atamasi bilan bogliqligi ham uning ma’naviy hayot 
sohasiga daxldorligidadir. Muomala — bu insonlar o‘rtasidagi 
aloqalarning paydo bolish i va rivojlanishi hamda ularning hayot
309


faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bolib, o‘zga kishilar 
bilan m a’lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning 
hamkorlikdagi strategiyasidir.
Muomala madaniyatida xushfe’llik, xushmuomalalik, hayo- 
ibolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik singari axloqiy 
me’yorlar muhim sanaladi.
Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini 
joyiga qo‘yish bolib, ko‘pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap 
boshqalarni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. So‘zlash va tinglay 
bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini 
tashkil etadi.
Asosiy axloqiy qadriyatlar. 
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga 
ega bolib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va 
rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, av­
valo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda 
keltiradigan narsa va hodisalar majmuyi bilan bogliq holda yu- 
zaga keladi.
Axloqiy qadriyatlar esa har bir kishi, millat, elat, xalqning iqti- 
sodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-madaniy, kundalik maishiy tur­
mush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib, o‘zligini 
bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan 
yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlardan iborat.
Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, 
qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiy- 
lik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mard- 
lik, saxiylik va m uruw atlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosa­
bat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik 
va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, 
sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi.
Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Axloqiy qadriyatlarning mazmuniga ko'ra burch, or-nomus, 
vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, 
rostgo‘ylik va hokazolarga; shakliga ko‘ra esa ijobiy yoki salbiy, 
ya’ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxt- 
sizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin.
2. Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko‘ra:
310


— shaxsiy axloqiy qadriyatlar — kasbiy burchni bajarish, sevgi- 
siga sadoqatli bo‘lish, halol rizq topish, so‘zining ustidan chiqish, 
oila sha’nini saqlash, haromdan hazar qilish;
— milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo‘stlik, kattalarga nis­
batan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e’zozlash, bolajonlik 
va hokazolar;
— mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do‘stlik, yaxshi qo‘shnichi- 
lik, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, o‘zaro hurmat va boshqalar;
— umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolat- 
parvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik 
kabi turkumlarga b o lish mumkin.
3. Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko‘ra:
— axloqiy ongda barqaror shakllangan ma’naviy-axloqiy qadri­
yatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayot- 
gan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g‘oyalar. M a­
salan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar 
idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k;
— axloqiy amaliyotda bevosita qollaniladigan axloqiy qadri­
yatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat 
maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki maj- 
burlash vositalarini qollab pirovard natijaga olib keluvchi qadri­
yatlar;
— axloqiy munosabatlar tufayli zohir boladigan axloqiy qadri­
yatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, udda- 
buronlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga 
ajratish mumkin.
Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi 0 ‘zbekistonda huqu- 
qiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllanti­
rishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili, 
irqidan qat’i nazar o‘zbek xalqi o‘zining milliy axloqiy qadriyat- 
lari - sabr-qanoat, jamoatchilik, o‘zaro yordam, saxovat, tinch- 
likni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish 
qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta’minlaydi.
Qadriyatlar tizimida 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin