Falsafa asoslari


Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy


səhifə179/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   221
Falsafa asoslari

Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy
ta’siri. 
XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera 
ichida noosfera, ya’ni texnikaviy muhit paydo bo‘ldi, insoniyat 
«tabiat-jamiyat-inson-texnika» 
munosabatlari 
uyg‘unligining 
yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu tarixiy davr o‘z 
real imkoniyatlari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat 
oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda. Texnika qudrati oshgan 
sayin unga moslashish, u bilan hamkorlik ham murakkablashib 
bormoqda. Avtomatlashtirilgan aqlli mashina bilan hamkorlik 
jarayonida ularga bo'lgan munosabat o‘zgarib bormoqda. Ya- 
qin-yaqingacha inson texnikani nazorat qilardi, ammo u murak­
kablashib borgan sayin ishlash prinsipini tushunish qiyinlashib, 
harakatlarini bilish murakkab bo‘lib bormoqda. Kompyuter, mo- 
bil telefonlar paydo bolganidan buyon inson jahldor va asabiy 
bo‘lib borayotgani tadqiqotchilar tomonidan ta ’kidlanmoqda.
Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini to ‘xtatish, 
inkor etish mumkin emas. Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada 
inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidan- 
yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega 
bo‘lishi taqozo etiladi. Ayni paytda inson ma’naviyatining sub- 
stansiyasi, ijodiy kuch quvvati va o‘z o‘rnida har bir inson ijodiy 
quvvatining in’ikosi bo‘lgan mehnatda texnikaning o‘m i va aha- 
miyati ortib borayotgani barchaga ma’lum.
Texnika rivojining ko‘p yillik tarixi bizni ng texnik bilimlari- 
miz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyoj- 
lari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammallashib
317


borishini ko‘rsatmoqda. «Inson va mashina» munosabatlari to- 
bora yangicha mazmun kasb etib bormoqda. Ammo har qan- 
day rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal 
eta olmaydi. Mamlakat taraqqiyoti taqdirini texnikaviy bilimi, 
hozirgi zamonning murakkab texnologiyalarini egallash bilan 
birga ma’naviy jihatdan yetuk, barkamol odamlar hal qiladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin