Jamiyatdagi ulug‘vorlik
milliy va umuminsoniy qadriyatlar,
xalqparvarlik va bunyodkorlik tushunchalari bilan izohlanadi.
Barqarorlik, farovonlik, adolat, qonun ustuvorligi, hurflkrlilik
jamiyat ulugVorligini ta’minlovchi mezoniy tushunchalardir.
San’atdagi uliig‘vorlik
teatr, kino va badiiy
adabiyotdagi fojia-
viylik bilan yonma-yon turadi. Bunday ulug‘vorlik badiiy maz-
mun va shaklning barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi,
lekin bunda hal qiluvchi rolni g‘oya o‘ynaydi. Muhim ahamiyatli
g‘oya yuksak ruhlangan, mukammal shaklning zarurligini yuzaga
keltirib, san’at asari darajasining yuksakligini belgilab beradi.
Ulug'vorlik hissi o‘z-o‘zidan quvonch, hayratlanish, ehtirom,
tan berish tuyg‘ularini o‘z ichiga qamrab oladi, ruhiy ko‘tarinkilik
bag‘ishlaydi. Ulug‘ ishning tagzamini esa niyatning, maqsadning
ulug‘vorligidir. Masalan, Amir Temur ulug‘
saltanat qurish soha-
sida ulug‘vorlik namunasini ko‘rsatgan bo‘lsa, Nizomiddin Mir
Alisher Navoiy turkiy tilda jahonshumul badiiy asarlar yozib,
o‘z xalqining ma’naviy olamini yuksaklikka ko‘tardi, ona tilin-
ing qudratini baralla namoyish eta oldi. Shu kabi ilmiy kash-
fiyotlari bilan jahonga
nomi ketgan Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali ibn Sinolar ham ulug‘vorlik shohsupasidan o‘rin olgan. Bu
zotlar ilmu fan, hikmat va ijod pahlavonlari, Sharq Uyg‘onish
davrining buyuk siymolari sifatida hozir ham bizga ibratdir.
Ulug‘vorlik tuyg‘usiga faqat miqyos olchovi bilan erishilmaydi.
Agar ayrim obidalar, masalan, Bobil minorasi,
Minorai Kalon,
Misr ehromlari va shu kabilar o‘zlarining miqyos ko‘lami bilan
hayron qoldirsa, boshqalari o‘zining nafisligi, nozik ifodali rang-
lar, qismlar hamohangligi, atrof-muhit bilan uzviy qo‘shilib ket-
ganligi bilan alohida ahamiyat kasb etgan (Go‘ri Amir, Shohi-
zinda,
Mustaqillik maydoni, Ichanqal’a, Registon maydoni, Mir
Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi va b.). Mustaqillik
yillarida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari tu-
fayli ulug‘vorlik kasb etayotgan obidalar jahonga yuz tutmoqda.
Mamlakatimizda
Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy kabi ajdodla-
rimizga haykallar qo‘yildi. Shu kabi Mustaqillik maydoni, unda
qad ko‘targan ramzlar, Baxtiyor ona haykali ham ulug‘vorlikka
misoldir.
334
Demak, ulug‘vorlik tarix, xalq, millat, ozodlik, mardlik, fi-
doyilik bilan hamohangdir. U insonning orzu-armonlari, ideal-
larini
aks ettiradi va rivojlantiradi, buyuk ishlarni amalga oshi-
rishga chorlaydi, yaratuvchanlik va ijodkorlikka ilhomlantiradi,
hayotga ma’no-mazmun bag‘ishlaydi, inson zotining ma’naviy
kamolotiga xizmat qiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: