Tubanlik kategoriyasi.
Tubanlik — insonda kuchli nafratlanish
tuyg‘ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir. Tubanlik mohi-
yatan insonga xos bo‘lib, uning faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ta-
biatda tabiat, hayvonot va nabotot olamida uchramaydi. Tubanlik
inson fe’l-atvoridagi yovuzlik maylining qo‘zg‘alishi natijasida
yuzaga keladi.
Fojiaviylik (tragediya) kategoriyasi
— voqelikning eng muhim,
chuqur ziddiyat va to‘qnashuvlari: hayot va o‘lim, ozodlik va mute-
lik, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy munosabat-
larni o‘ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy tushuncha. Deyarli
barcha buyuk ijodkorlar yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud.
Har qanday fojia zamirida muayyan fojiali to‘qnashuv, ziddiyat
yotadi. Gegel fojiaviylikni mohiyatli kuchlar to‘qnashuvining nati-
jasi sifatida bejiz ta’riflamagan. Chunki, bu to‘qnashuvlar kurashi
qanday yakun topishi bilan insoniyat istiqboli, axloqiy taraqqiyot
uzviy bogliqdir. Bu hoi fojiani san’atning falsafiy jihatdan eng
muhim turiga aylantiradiki, u ijodkorga insoniyatni butun tarixi
davomida hayajonlantiradigan tub hayotiy masalalarni o‘z oldiga
qo‘yib, hal qilish imkoniyatini yaratdi.
Fojia qahramoni ko‘pincha ijobiy qiyofada tasvirlanadi, u
davrning ilg‘or orzu-umidlarini o‘zida mujassamlashtirgan kuch
li, yorqin, ulug‘vor shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin fo
jia to‘qimasida boshqa turdagi qahramonlar ham aks ettirilgan
bo‘lib, Shekspirning Makbet va Richard, B.Brextning Kurajona-
ga o‘xshash qahramonlari o‘z taqdirlari bilan tomoshabinda o‘ta
ziddiyatli his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Ular sodir qilayotgan mudhish
kirdikorliklar qat’iy norozilik, jirkanish, shu bilan birga, achi-
nish tuyg‘usini uyg‘otadi. Odatda, fojia ma;munida qahramon-
ning mavjud shart-sharoitlarni tubdan o‘zgarcirishga faol intilishi
namoyon bo‘ladi. Fojianing tarixiy shakli qadimgi dunyo fojiasi
335
(Esxil, Sofokl, Evripid) eski patriarxal tartibotlar yemirilib, tarix-
da ilk sinfiy jamiyat shakllanishi jarayonida vujudga keldi. Unga
xos bo‘lgan «qismat ohangi» tabiiy va ijtimoiy qonunlar haqidagi
tasavvurlarni aks ettirdi. 0 ‘rta asrlarda G ‘arb xristian mafkurasi
fojia ruhiga butunlay qarshi chiqqani bois bu davrda biror-bir
arzigulik san’at asari yaratilmaganini bilamiz.
Fojia rivojining yangi bosqichi Uyg‘onish davrida boshlandi.
Shekspir asarlarida fojiaviylik butun hayot, ijtimoiy aloqalar va
munosabatlarni qamrab oladi. Uning fojiaviy asarlarida kuchli,
jasoratli, g‘ururli, erkin inson timsoli yaratildi. Shekspir o‘z qah-
ramonlarining o‘zligini anglashga, inson ruhini sindirib halokatga
yetaklayotgan tuzum sharoitida ozodlikka intilishini ifodalaydi.
M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek» dramasini ham asosiy badiiy
ohangi, undagi ehtirosli to‘qnashuvlar ruhi, ulkan hissiy ta’sir ku-
chi, qahramonlarning taqdiri jihatidan o‘ta fojiaviy asardir. Unda
o‘sha davrdagi ildiz otgan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy muammo
lar qalamga olinadi. Asar qahramoni fojiali dramatik jarayonning
asosiy subyekti sifatida namoyon boladi. Uning faolligi, o‘z orzu-
armonlari, hatto o‘zini qurbon qilib bo‘lsa ham, davlatda tinchlik
va barqarorlikni qaror toptirishga intilishi faoliyatining mohiyatini
belgilaydi. San’atda namoyon bo‘ladigan fojiaviylik to‘qnashuvlar,
qiyofalar, vaziyatlami to la va chuqur badiiy in’ikos etish ehtiyoji-
dan kelib chiqadi. Sofokl fojialari Shekspirnikidan, Shekspir asar-
lari Rasinnikidan qanchalik farqlanmasin, ular o‘rtasida o‘ziga
xos mushtaraklik, umumiy jihat ko‘zga tashlanadi.
Har qanday fojia zamirida keng kolamli, ijtimoiy ahamiyat kasb
etadigan muayyan fojiali to‘qnashuv yotadi. Fojiaviylik san’atda
turlicha talqin etilishi mumkin. Bu hoi mazkur janrga xos umumiy
xususiyatlarni inkor etmaydi. Fojia uslubining umumiy belgilari
qatoriga keng umumlashmalarga intilish, tafakkur boyligi, sodda-
lik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi.
Fojia tarixiy davming burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va
munosabatlar barbod bo'lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqida-
qoidalar qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi.
Fojiaviylik har doim estetik tafakkur tarixida dolzarb muam-
mo sanalgan. Shuning uchun deyarli barcha buyuk ijodkorlar
336
yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud. Fojialilikni mohi-
yatli kuchlar to‘qnashuvining natijasi, deb bilgan nemis faylasufi
Gegel, bu to‘qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi piro-
vardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog‘lanib ketadi deya
ta’kidlagan. Shuning uchun fojiaviylik estetika kategoriyalari ora-
sida ulug‘vorlik bilan yaqin aloqador: haqiqiy ulug‘vorlik fojia-
viylikning davomi hisoblanadi. Qolaversa, ulug‘vorlikning bar
cha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko‘rinishi orqali
namoyon bo‘ladi. Fojiaviylik kategoriyasining estetikadagi marka
ziy muammosi — insonning qahramonlik, buyuklik, jasorat kabi
tushunchalar haqidagi tasawurini har tomonlama kengaytirish
hamda hayotdan qoniqish va shukronalik hissini rivojlantirishdan
iboratdir.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |