Falsafa asoslari


səhifə190/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   221
Falsafa asoslari

Kulgililik kategoriyasi. 
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir 
qadar keng o‘rganilgan tushuncha hisoblanadi. Jumladan, Aflotun 
ojiz va layoqatsiz odamlarni kulgili deb hisoblagan bo‘lsa, Arastu 
kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va 
zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi, deydi. Olmon 
mumtoz nafosatshunoslaridan Immanuil Kant kulgililikning 
tabiatini latifa misolida ochib berishga harakat qiladi, Fridrix 
Shiller hajviyani veallik bilan ideallik orasidagi qarama-qarshilik 
orqali ko‘rsatib o‘tadi. Heorg Hegel kulgililikning asosini zohiriy 
ishonch va botiniy to‘laqonli orasidagi qarama-qarshilik orqali 
ifodalaydi.
Insondagi layoqatsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik, izzatta- 
lablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililikning obyektlaridir. 
Shuningdek, kulgi — axloq hududlarini bezarar buzishdir. Har 
qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu ho- 
latda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Inson kulishga 
va kuldirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyatdir. Kulgililik boshqa 
estetik hodisalar singari faqat obyektiv tomonga ega bo'lmay, sub- 
yektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub- 
yektiv tomoni — keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg'usidir.
Kulgi o‘z tabiati jihatidan demokratik xususiyatga ega. U turli 
ko‘rinishlarga boyligi bilan san’atning me’morchilikdan boshqa 
deyarli barcha turlarida namoyon bo‘ladi. Biroq, u o‘zining eng
337


to la bolgan estetik ifodasini komediyada topadi. Kulgililik-yuk- 
sak taraqqiy etgan tanqidning ibtidosini o‘zida namoyon qiladi. 
Kulgi — tanqidning estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga kola tabaqa- 
lanishga qarshi, mansab va amal oldida bo‘yin egmaydi. Kulgi 
tengsizlik, zo‘ravonlik, manmanlik, amalparastlik, nodonlikning 
barcha shakllariga qarshi kurashuvchi buyuk kuch sifatida maydon- 
ga chiqadi. Abdulla Avloniyning «Hajviyot»idagi «Ko‘rning uzri», 
«Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga», «Haqiqiy ma’nosi», 
«Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida 
xalqimiz ahvoli to‘g‘ridan to‘g‘ri kulgi ostiga olinadi.
Kulgining badiiy shakllari orasida 
satira 
alohida o‘ringa ega. 
Umumnazariy ma’noda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi 
bolib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish — bun- 
day hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini 
bo‘rttirib ko'rsatish maqsadi yotadi. Satira har xil ko‘rinishlarda 
namoyon bolishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama 
ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy vo- 
qea-hodisalari joylashgan bolib, butun fosh qilish kuchi ularga 
qarshi qaratilgan boladi. Shuning uchun komediya san’atiga xos 
tanqidiylik, yo‘nalganlik satirada eng to la va eng aniq ifoda to- 
padi. Satirani asosan kulgi fosh etib qo‘yadi, lekin kulgi bu jara- 
yonda qahr-g‘azabdan ajralmagan holda namoyon boladi.
Hajviya — jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqi- 
batlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq keli- 
shini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin masxara, mazax kabi 
kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bololmaydi. 
Aksincha, ular mohiyatan insonni qoralashga, uni xafa qilishga, 
obro‘sizlantirishga qaratilgan boladi. Bu kulgining o‘ta ziddiyatli 
va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishidir. Shu bois masxara fisq-u fasodning 
muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so‘z bilan insonga 
daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o‘zganing us­
tidan, jismoniy kamchiligidan kulish masxaraning real voqelik- 
dagi ko‘rinishlaridir.
Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon 
bolish imkoniyatlariga ega bolib borsalar, shunchalik ko‘p aha- 
miyat kasb etadi. Rivojlangan hazil tuyg‘usi, hayotning kulgili
338


tomonlarini nozik ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib 
borgan sari shaxsning ma’naviy-ruhiy soglomligi hamda barka- 
molligi yuksalib boraveradi.
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari) 
doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jara- 
yonda go'zallik kategoriyasi bog‘lovchilik vazifasini bajaradi. 
Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, hunuklikda ham 
go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin