Falsafa asoslari


səhifə194/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   221
Falsafa asoslari

yo‘qotmaydigan,
abadiy, mutlaq va muqaddas qadriyatlardir.
Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o‘rni. 
Insoniyat hozir 
o‘z tarixining mas’uliyatli davrida yashamoqda. Biz «tabiat- 
jamiyat-inson» munosabatlari uyg‘unligining yangi rivojlanish 
bosqichiga qadam qo‘ydik. Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyat-
1 Кант И. Сочинения в 6 т. Т. 5. —М., Мысль, 1966. — С.314.
343


lari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli 
muammolarni qo‘ymoqda.
Bulardan eng muhimi tabiatni asrashdir. Tabiat alohida bir 
xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko‘z 
ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. 
Shunday ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga 
yol qo‘ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik 
muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bolib, 
sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning 
hal qilinishiga bogliqdir. Bu esa odamlarning, xalqlar va millat- 
larning ma’naviyatini yuksaltirish, tabiatga estetik munosabatini 
shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosa- 
batda bolish tabiatga bolgan muhabbatdan boshlanadi. Tabiat 
uning o‘zini gavdalantiruvchi barcha san’at turlari uchun bitmas- 
tuganmas shakllar manbayi bolib kelgan va shunday bolib qo- 
ladi.
Inson bilimining ortishi, tabiat hodisalarining mohiyatini 
aniqlash, qonuniyatlarini o‘rgana borish, texnikaning taraqqiyo­
ti inson qudratini oshirishi natijasida tabiat ustidan hukmronlik 
o‘rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi. 
XXI asrga kelib tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujud- 
ga kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, uning bir bolagi 
ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibatda 
insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi.
Hozirgi zamonning eng katta muammolaridan biri ekologi- 
ya ekanligi, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos 
bolib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana 
shu muammoning hal qilinishiga bogliqligi hammamizga ayon 
haqiqat. Xalqimiz yaqin o‘tmishda boshidan o‘tkazgan totalitar, 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand 
munosabatda bolinib, tabiat boyliklaridan ochko‘zlarcha foy- 
dalanishga zo‘r berilgan edi. 0 ‘sha davr bizga o‘simlik va hayvo- 
not dunyosi genofondiga salbiy ta’sirni, biologik xilma-xillikning 
qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa chiqindilarning 
ko‘payishi, chollanish, yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol 
dengizi halokati kabi mintaqaviy va global miqyosda yechilishi
344


zarur bo‘lgan muammolarni meros qilib qoldirdi. Bu muammo­
lar inson hamda uning manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda, 
soglom va musaffo atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash 
jarayoni amalga oshirilayotgan islohotlarning o‘zagini tashkil et- 
gan 0 ‘zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va 
uni sog‘lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin