Falsafa asoslari


XIX  asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur


səhifə20/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   221
Falsafa asoslari

XIX 
asr oxiri va XX asr boshidagi falsafiy tafakkur. 
Minta- 
qamiz XIX asr oxirlarida Chor Rossiyasi tarkibiga zo‘rlik bi­
lan qo‘shib olindi va bu ijtimoiy tafakkurda chuqur iz qoldirdi. 
Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik 
g‘oyalarining vujudga kelishida muhim o‘rin egalladi. Lekin 
Sho‘rolar davrida jadidchilik ko‘pincha bir tomonlama talqin 
qilindi, uning g‘oya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto
60


uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham boldi. Mus- 
taqillikka erishilgandan so‘ng bu harakatni xolisona va ilmiy 
nuqtayi nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug‘ildi. Jadidchilik 
harakatining yirik namoyandalari Turkistonda mustaqillik, mil­
liy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib 
bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati uni milliy- 
ozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga keli­
shi bilan chambarchas bogliqligi edi.
0 ‘sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib 
chiqdi. Bular Munavvar qori, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, ChoTpon 
va boshqalardir.
Mahmudxo'ja Behbudiy (1875—1919) jadidchilik harakatining 
asoschilaridan biri bolib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni 
mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va 
taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirdir. 
Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Riso- 
layi jug‘roflyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», 
«Risolai jug‘rofiyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning 
asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bulardan tashqari, Beh­
budiy ko‘plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qil- 
di, nashr ishlari bilan mashg‘ul boldi. Uning maqolalarida millat 
va Vatan taqdiri, mustaqillik g‘oyasi, axloq va ta’lim-tarbiya va 
boshqa masalalar o‘rin olgan.
Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Abdulla 
Avloniydir (1878—1934). U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni 
qo‘shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni 
bolalarga o‘qitish yolga qo‘yildi. Mutafakkir «Ikkinchi muallim», 
«Birinchi muallim», «Alifbedan so‘nggi o‘quv kitobi» kabi dars­
liklarni yaratdi. Ayniqsa, olimning «Turkiy guliston yoxud ax­
loq» darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining 
shakllanishida muhim ahamiyatga ega boldi. Unda bolalarga ilm- 
fan sirlarini o‘rgatish, yaxshi xulq-odob qoidalarini singdirish
Turkiston xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yollari, iqtisod, 
tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xon tashyo qaramligidan 
xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari yo- 
ritilgan. Avloniy «Advokatlik osonmi», «Biz va Siz», «Portugaliya
61


inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, o‘zbek 
teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin