Falsafa asoslari


səhifə204/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   221
Falsafa asoslari

Estetik tarbiya omillari. 
Mahalla — estetik tarbiyaning muhim 
omili. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta’siri nihoyatda 
katta. Chunki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo‘lib, 
u bugun shaxsning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, uning 
ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko‘mak berav- 
chi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Mahalla 
shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko‘rsata olishi bilan 
boshqa omillardan ajralib turadi. Mahalla o‘z oldiga qo‘ygan ezgu 
maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan 
tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla:
— o‘ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko‘rkamligini 
hamda fuqarolarning hamjihatligini ta’minlashi;
— turmush nafosati va muomala estetikasini shakllantirib, in­
sonlar qalbida ijobiy tuyg‘ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi;
— mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo‘l 
qo‘ymasligi hamda qo‘shnichilik madaniyatini kamol toptirishi;
— san’at, madaniyat, ma’rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida 
boMadigan rang-barang mavzulardagi ma’ruzalarni, suhbatlarni 
uyushtira olishi;
— isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo‘l qo‘ymagan holda 
urf-odatlar, an’analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tar- 
tibli, chiroyli o‘tishini ta’minlashi va hokazo shu kabilar bilan 
inson estetik tafakkurini shakllantirishda muhim maskan bo‘lib 
hisoblanadi.
359


Estetik tarbiyaga ta’sir o‘tkazuvchi global tahdidlar. 
Milliy 
ma’naviyatga ta’sir o'tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda este­
tik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko'rsatmoqda. Bu esa ij- 
timoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli 
yo‘naltirishni taqozo etmoqda.
Internet. 
Bugungi kunda estetika niqobi ostida turli xil 
ko‘rinishdagi «yengil hayot tarzi», «musaffo tuyg‘ular», «huzurbaxsh 
axloq», «maftunkor ko‘rinish», «yangi imidj»ni targ‘ib qiluvchi 
tarmoqlar estetik tarbiyaga jiddiy xavf solmoqda. Bunday tahdid­
lar odatda, insonning tashqi va ichki ko‘rinishidagi mutanosiblikni 
buzishga qaratilganligida ko‘rinadi. Bu awalo, insonning fahmi
farosati va didiga jiddiy zarar yetkazadi. Natijada didsizlik va faro- 
satsizlik odamning asl qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga 
qolaversa, ma’naviy to‘poslikka olib keladi. Zero, har qanday chi- 
royli ko‘ringan narsa ham inson manfaatiga xizmat qilavermaydi.
Inson ruhiyatiga ta’sir etish ham estetik tarbiyaga tahdidning 
ko‘rinishlaridandir. Bu ong osti hodisasi orqali namoyon boladi. 
Bular:
Sezgilar. 
Ya’ni, 5 ta sezgi ilg‘amagan narsani ong osti ilg‘ash 
qobiliyatiga'ega. Uzluksiz jarayonni tuyg‘ular xotiraga uzluksiz 
yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz.
Kuzatish. 
Bunga reklama mahsulotlari va uning estetik tabia- 
tini misol qilish mumkin. Mahsulotga bolgan qiziqish reklamada 
ko‘rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.
Tashviqot. 
Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan 
ovozlar orqali ta’sir qiladi. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda 
ko‘ngilochar maskanlarda qo‘yiladigan musiqalarda ham xaridor- 
larni chorlash maqsadi ko‘zlanadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin