bo‘lsa ko‘plab yuksak asarlar, mukammal mahsulotlar yaratiladi.
Va aksincha, mehnat asarlari xunuk bo‘lsa insonning mehnat qi-
lish zavqi va baxtidan mosuvo ekanligi, bu esa ular yashayotgan
jamiyatning ma’naviy qashshoqligini ko‘rsatadi.
Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti, mehnat vositalari,
mehnat natijalarida estetik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi
tushuniladi. Mehnatning estetik jihatlari shaxsning ijodiy faoli-
yat potensiali uning ma’naviy, aqliy, axloqiy-estetik tomonlari bi
lan umumiyligi va mehnat natijalaridan beg‘araz lazzatlanishiga
bog‘liqdir. Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo'lishi uchun
avvalo obyektiv omillar, ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq.
Albatta bu o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, estetik didi
masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mehnatning estetik mohiyati u kechadigan ijti
moiy shart-sharoitlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Bozor mu-
nosabatlari sharoitida raqobat amal qilishi moddiy ne’mat ishlab
chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish,
sifatli mahsulotlar yaratish, iste’molchilarning badiiy-estetik
didi va ehtiyojlariga mos tovarlar yetishtirishni zaruriy ehtiyojga
aylantirdi. Moddiy va ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini
ta’minlash va rivojlantirish shaxs, millat va jamiyat taraqqiyoti
garovlaridan biridir.
Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bolishi avvalo obyek
tiv omil — ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta, bu
o‘rinda mehnatkashlarning madaniyati, axloqi, estetik didi ma
salalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, mehnat insonga kuchli va ko‘p qirrali ta’sir
ko‘rsatib, uning faoliyatiga estetik ma’no-mazmun baxsh etadi,
ma’naviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda ijod ustuvorligi
qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqa-
ror, ma’naviy ta’sirchanligi kuchli bo‘ladi. Mamlakatimiz mus-
taqillikka erishgach mehnatning mohiyati ham tubdan o‘zgardi.
«Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun» tamoyili mam-
lakatimizda olib borilayotgan islohotlar avvalo inson hayotini
farovon, turmushini obod bo‘lishi, mehnatning erkin va ijodiy
tabiatiga bog‘liqligi ifodasidir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: