zamonda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va be-
gona bolgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini
egallashga qaratilgan g‘arazii intilishlar tobora kuchayib borayot-
gani barchamizni yanada hushyor va ogoh bolishga da’vat eti-
shi tabiiydir. Shu sababli yoshlar o‘rtasida soglom turmush tarzi
tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik,
chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta’sirlardan, «ommaviy
madaniyat» niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash masa-
lalari bir zum ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi darkor»1.
«Ommaviy madaniyat» illat sifatida haqiqat, go‘zallik, ezgulik
singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bi
lan boglab, iste’mol va tovar sifatida xaridorgir bolishiga qaratil
gan maqsadni targlb qiladi. Bu esa pirovardida «bozor adabiyoti»,
«bozor san’ati» degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning
«gullab-yashnashi» uchun imkon yaratadi.
XX asrning 70-yillarida ko‘plab sotsiologlar, faylasuflar,
san’atshunoslar «ommaviy madaniyat»ning ijtimoiy taraqqiyotga,
ayniqsa umummadaniy jarayonlarga ta’siri haqida bir qator tadqi-
qotlami olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o‘zining
«Gullayotgan Amerika» kitobida «Isyonkor yoshlar o‘zlarining
shaxsiy «madaniyat»larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning
asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh
«isyonkorlar» madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bogliq fal
safiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot
madaniyatidan yuz o‘girgan holda o‘zlariga mos qadriyatlarni
yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi «yangi
odam» uchun mazkur qadriyatning asosi — bu o'zini mavjud
tizimdan tashqarida his qilishga bolgan layoqatidir», - degan
fikrni bayon etgan edi.
«Ommaviy madaniyat»ning asl maqsadi har kuyga so-
lish mumkin bolgan olomonni shakllantirish bolgani bois, u
ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‘quvchini mushohadaga
undab, tasavvur olamining kengayishiga xizmat qiladigan asar-
Yüklə
Dostları ilə paylaş: