maslik lozim. Shunday ekan, ijtimoiy voqelikdagi hodisa hamda
jarayonlarga yoshlarda ongli munosabatni shakllantirish, ularning
erkinlik haqidagi tasavvurlari, ijtimoiy mas’uliyatga munosabat-
larini tarixiylik va zamonaviylik o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash
asosida quyidagilarni yoshlar turmush tarziga singdirib borish
zarur:
— jamiyatning har bir fuqarosini global jarayonlarni mulohaza-
korlik bilan tahlil qilishga o'rgatish, ularning axloqiy mas’uliyatni
chuqur his qilishiga erishish;
— shaxs erkinligi oila, mahalla, davlat va jamiyatni o‘zaro
uyg‘unligida ro‘yobga chiqqani, xorijdan eksport qilinayotgan,
razolat va tubanlikka yetaklovchi «ommaviy madaniyat» millat
axloqi, urf-odati, dinu-diyonati, imon-e’tiqodiga mutlaqo yot
ekanligini, ular ruhiyatiga muntazam singdirib borish;
— sharq kishisiga xos fazilatlarni yuksaltirish asosida har bir
shaxsning erkinlik va mas’uliyatni chuqur anglashga safarbar
etish o‘z amaliy faoliyatida demokratik qadriyatlarga tayanish
ko‘nikmasini hosil qilish;
— ayni paytda erkinlikni tom ma’noda mohiyatan anglashda
uning g‘arbona (Yevropacha) tamoyillariga ko‘r-ko‘rona asosla-
nishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday
taqlid yuqorida ta’kidlaganimizdek, kutilmagan oqibatlarga, xu-
susan erkinlik niqobiga o‘rangan mas’uliyatsizlikka, demokratiya
niqobiga o‘rangan parokandalikka, bosh-boshdoqlikka olib keli-
shi mumkin.
Nima bo‘lganda ham globallashuvjarayoni ijobiy ta’sirini e’tirof
etgan holda o‘tmish qadriyatlarimiz bilan zamonaviy tamaddun
o‘zgarishlarni muntazam o‘rganib borish milliy qiyofasizlik, did-
sizlik, axloqsizlik, mas’uliyatsizlik kabi salbiy holatlarga zamin
yaratuvchi global ta’sirlardan yoshlarni imkon darajada asrash,
bugungi kundagi eng muhim vazifadir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: