tushunchasi,
eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan ma-
konni aks ettiradi. Agar odam bo‘lmaganida edi, bu olam haqida
gi tasawurlar ham bolmas edi. Demak, olam odam bilan maz-
mundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda
namoyon boladi. Hech narsasi yo‘q olam yo‘qlikdir.
U mavhum
tushuncha, ya’ni abstraksiyadir.
Qadimgi davrlardan buyon odam o‘zini anglagach, olamning
tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini
ta’minlovchi tirikchilik vositalarining
ahamiyatini tushunib yetdi
va ularni e’zozlash, avaylab-asrash tuyg‘usi shakllana boshladi.
Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to‘rt elementni: havoni,
suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g‘oyalar vu
judga keldi hamda olam to‘g‘risidagi sodda kosmologik qarashlar
paydo bolgan.
Olam, eng avvalo, tor ma’noda bu odam yashaydigan joy. Asli-
da odamzod va hayvonot olami, o‘simlik va hasharotlar dunyosi,
jismoniy, ruhiy, ma’naviy olam va boshqa shu singari ko‘plab tu
shunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bolgan narsa va hodisa
lar nomi bilan ataladi. Masalan, odamning ruhiy olami uning
bilim, tajriba va xayolotini o‘z ichiga oluvchi o‘ta keng qamrov
li tushunchadir. Bunda biz olam odam yashaydigan joy,
degan
ma’noga qaraganda yanada kengroq mazmunga ega bolamiz.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: