birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat.
Demak, voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning
bolishi ham odatiy hoi. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, ke~
cha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik
va
yomonlik, adolat va jaholat va h.k. qarama-qarshi tomonlar
bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqo
zo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bola olmaydi. Faraz qilaylik,
magnitning manfiy zaryadi bolmasa, u holda ushbu narsa magnit
bololmaydi.
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat.
Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman bolmasin, ular
o‘rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat
jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o‘rtasida o‘xshash
tomonlar, belgilar bor.
Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil
materialdan yasalganligi yoki bolmasa, vazni o‘xshash bolishi
mumkin va h.k.
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash
tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biri-
dan farq qiladigan tomonlar,
xususiyatlar, belgilarga ham egadir.
Aynan bir xil bolgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir
shoxida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluv
chi ba’zi jihatlarga ega. Hech bolmaganda, ular bir-biridan ma-
kondagi o‘rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bolsak, bir-biriga tashqi to
mondan tamomila o‘xshash bolgan Hasan va Husanlarda
ham juda ko‘p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan,
ularda
fe’l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bolishi, ya’ni
ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut
narsa-hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tu-
shunchadir.
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-
birini taqozo etuvchi va shu bilan birga
bir-birini inkor etuvchi
tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan
tushuncha ifodalaydi. Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning zidli-
gi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o‘zgarishlar tufayli
115
rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi.
Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo
bolishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan
abadiy va
azaliy murakkab jarayondir.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan mark-
sizmda asosan ziddiyatga ko‘proq e’tibor berilar edi. U mut-
laqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddi-
yatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli
hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat
paydo bolibdiki, uning hayotida ayniyat
va tafovut ham, ziddiyat
va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod
ziddiyatlar kamroq bolgan, kishilarning xilma-xil intilish va
maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan,
barqarorlik ustuvor bolgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib
kelmoqda.
Ana shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt —
ziddiyat, logos — ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish pay
do bolishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim
va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi.
Ular konfliktlarni
keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat
uchun foydali tarzda hal qilish yollari va usullari ustida bosh
qotirishadi.
Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga,
yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga
o‘tishga sabab boladi. Olam turli-tuman bolganligi uchun zid
diyatlar ham xilma-xildir. Masalan,
ichki va tashqi ziddiyatlar,
asosiy va asosiy bolmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq
bolgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki amalda,
hayotda ular bir-biriga o'tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda
turli xil o‘rin tutishlari mumkin.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: