Falsafa asoslari


səhifə47/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   221
Falsafa asoslari

Inkorni inkor qonuni. 
Borliqning hamma sohasida doimo eski, 
umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi 
narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bolib turadi. 
Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
119


0 ‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish 
tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik — eskining inkori va 
yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ana shu ja­
rayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mo­
hiyatini bildiradi.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q» so‘zi bilan 
qo‘shilib ketadi, inkor qilmoq — «yo‘q» demakdir, biror nar­
sani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda 
ishlatiladigan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qi­
lish to‘g‘ridan to‘g‘ri «yo‘q» degani emas, ya’ni narsani mavjud 
emas, deb e’lon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo‘qotib 
tashlamoq emas.
Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy al- 
mashuvi bo‘lmasdan, balki eskining bag‘rida vujudga kelib, un- 
dan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning 
muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining 
kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyotning 
muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy 
bog‘liq ekanligini ham ifodalaydi.
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday 
deb atalishini izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki 
marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va 
hodisalarning doimiy ravishda o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi 
holatga o‘tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan 
kelib chiqadi.
Bu qonunga ko‘ra, har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisa 
o‘zigacha bolgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shu 
bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi ham sharoitning 
o‘zgarishi, vaqtning o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. De­
mak, har bir narsa va hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hami­
sha ikki va undan ko'proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. In­
soniyat tarixi — avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham 
ana shunday hoi nazarda tutiladi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyot- 
dagi davriylikning muayyan halqasida, ya’ni navbatdagi inkor 
bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilar takrorlanadi.
120


Masalan, don o‘simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana 
o‘simlikka va hokazo.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq 
shaklida emas, doira shaklida boladi, uning oxirgi nuqtasi 
boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning 
oxirgi nuqta bilan tutashishi bolmasdan, balki yuqori bosqichda 
sodir bolishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega boladi. Bu spi- 
ralning har bir yangi o‘rami oldingi o‘ramiga nisbatan yuqori roq 
bosqichda yuzaga keladi.
Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi boglanishni but- 
kul rad qiladi, deb tushunmaslik kerak. Yangi qanchalik i!g‘or 
bolmasin, u yo‘q joydan paydo bolmaydi, balki eskining qobiglda 
asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham ko‘p hollarda eskidan 
yangiga o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki 
uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va rivojlanish davom et- 
tiriladi. Demak, yangi bilan eski o‘rtasida vorislik mavjuddir. In­
korni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va qaytariluvchanlikning 
birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana 
shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jara­
yonida ro‘y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda kat­
ta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan 
o‘zgarishlar hamma narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi. 
Aksincha, bu — xalqimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijti- 
moiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolib, ularni 
yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning 
asosiy tamoyili Islom Karimovning yangisini qurmasdan, eskini 
buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosasida yaqqol o‘z asosini 
topgan.
Har qanday fanning o‘ziga xos qonunlari va asosiy tushuncha- 
lari boladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og'irlik, tezlik, kuch 
kabi tushunchalarga juda ko‘p duch kelish mumkin. Ularning 
aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlar- 
ning nomi bilan boglangan. Masalan, fizil.ada Nyuton, Fara- 
dey, Avagadro qonunlari va hokazo. Matematikani esa Pifagor, 
al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin.
121


Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy 
tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni 
o‘rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining maz­
munini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko‘ra, «qonun» 
falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayoni­
dagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib 
turuvchi, ichki o‘zaro bog‘lan ishlar, aloqalar, munosabatlarning 
mantiqiy ifodasi ekanligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Endi kategori- 
yalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik.
Kategoriya nima? Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan 
bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish» degan ma’nolarni 
anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi 
davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta’riflab ber- 
gan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv 
voqelikning umumlashgan in’ikosi sifatida qarab, turkumlashti- 
rishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar 
mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», 
«o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu 
turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga 
ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», 
«holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifa­
tida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilina­
di. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va rito- 
rika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida 
tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mam- 
lakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madani­
yati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bolgan. Ammo o‘sha 
davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch 
tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qi­
lingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto 
Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana 
shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va 
yoshlarni bu ilm yoliga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sa­
bab bolganlikda ayblagan ham edilar. Bu hoi Suqrotning buyuk
122


shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifoda- 
lashga kirishishi uchun turtki bolgan. Olim falsafaning qonun va 
kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va 
falsafani fan darajasiga ko‘targan. 0 ‘sha davrdan boshlab falsafa 
o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bolgan 
fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn 
Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII—XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi 
davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar 
«sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yax- 
litlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, 
o‘zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik 
va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan 
farqli olaroq, Hegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, 
miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushun­
cha» (obyektiv, subyektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni 
umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifati- 
dagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obyektiv voqelikning in’ikosi; 2) 
narsa va hodisalarning o‘zaro boglanish va aloqadorligini man­
tiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning 
rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) bor­
liqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy-mantiqiy bilish 
darajalaridan biri. Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, 
undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi 
aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, 
degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, 
makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shun­
day kategoriyalaridir.
Falsafada o‘z xususiyatlariga kola, «juft kategoriyalar» deb 
ataladigan; umumiy boglanish va aloqadorlik munosabatlarini 
ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning 
muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, 
davriy takrorlanib turuvchi boglanish va alo ladorlik munosabat­
larini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, 
boglanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jara-
123


yonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tar­
zida vujudga kelgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin