mazmuni ham o‘zgaradi. Ya’ni, suv bug‘ holatida chanqoqni
qondirmaydi, o‘simliklarni sug‘orish uchun yaramaydi. Bundan
tashqari, elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari sistema
ning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak,
strukturaviy bog‘lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini
ham belgilab turadi. Shunga ko‘ra, shaklni mazmunga nisbatan
«ikkilamchi» deyish noo‘rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol
keltiradigan bolsak, demokratiya boshqarishning shakli sifatida
jamiyatning mazmunini belgilab turadi.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriya
lar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga
insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yonda-
shishlarini alohida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va
shaklning obyektiv xarakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni
baholashdagi subyektiv, muqobil qarashlarda o‘z ifodasini topadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: