Ma’naviy madaniyatga aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik sohalari
— bilim, odob-axloq, ta’lim-tarbiya, huquq, falsafa, din, nafosat,
fan, san’at, adabiyot, folklor, asotirlar va shu kabilar kiradi.
Uyg‘onish
va
ma’rifatparvarlik
davrlarida
madaniyat
yetukligi deganda inson va jamiyat hayotida insonparvarlik,
ma’rifatparvarlik g£oyalari ustuvor o£rin tutishi lozimligi tushunil-
gan. Jamiyatdan tashqarida madaniyat mavjud. Masalan, Ijtimoiy
munosabatlardagi har qanday o£zgarish madaniyatga ta’sir etadi
va unda bu munosabatlar qanday natijalarga olib kelishi o£ziga
xos tarzda namoyon bo£ladi. Shu bois madaniyat nafaqat o‘tmish
yoki bugungi kun, balki kelajakka nisbatan munosabatning ifo-
dasi hamdir. Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham
sifat ko‘rsatkichi. Insoniyat o£zi ham pirovard natijada madani
yat mahsulidir. Madaniy muhit qanday bo£lsa, inson ham shun
day shakllanadi. Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq
madaniyatida ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar
jamlangan. Ularni o£zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli kishi
bo£lish mumkin emas, madaniyat rivojida noyob iste’dod sohib-
lari: fan, adabiyot, san’at ahli ham katta o‘rin tutadi. Ular tufayli
madaniyatda yangi yondashuv, ijod turlari, badiiy-estetik qarash
lar yuzaga keladi. Bugungi kunda jahon miqyosida keng tarqalgan
ayrim kasb turlari madaniyatning alohida shakli sifatida e’tirof
etiladi. Masalan, kitobat madaniyati, kulolchilik madaniyati, bi-
nokorlik, mashinasozlik, temirchilik, ipakchilik madaniyatlari va
h.k. Bundan tashqari, fanda madaniyatning barcha xalqlar hayo
tida alohida o£rin tutadigan turlari ham qayd etiladi. Masalan,
qishloq xo£jaligi madaniyati, texnologik madaniyat, mintaqaviy
madaniyat va h.k. Bu hoi madaniyat turlarini alohida-alohida
hamda qiyosiy o£rganish yondashuvining shakllanishi, fanning
alohida tarmog£i sifatida ajralib chiqishiga olib keldi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: