edi. Aslida
esa, jahon falsafasida madaniyat to‘g‘risidagi
alohida
bir fanning vujudga kelgani madaniyatning inson va jamiyat ha
yotida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat be
radi. Madaniyatshunoslik madaniyatdagi rang-baranglikni e’tirof
etadi, madaniyatning universal xarakterga ega bo‘lgan tarixiy na-
munalarini bir-biridan farqlaydi.
Madaniyat falsafasi.
Madaniyatning mohiyati, rivojlanish
qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari
va istiqbollarini yaxlit,
bir butun hodisa sifatida o‘rganuvchi falsafiy fan «Madaniyat
falsafasi»dir. Falsafiy qonun va kategoriyalarni bilish madaniyat
va uning rivojlanish muammolarini nazariy-metodologik jihat
dan to‘g‘ri yechish uchun zamin yaratadi. Ayni paytda madani
yat falsafasi madaniyatning xilma-xil ko‘rinishlarini tahlil qilish
asosida falsafiy qonunlar va tushunchalarning
mazmunan boyi-
shi, falsafaning ijtimoiy amaliyot bilan aloqasining kengayishi va
chuqurlashuvi, u ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning boyishi
va takomillashuviga xizmat qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy
taraqqiyotning
subyektiv, ya’ni kishilar faoliyati bilan bog‘liq ji-
hatlariga alohida e’tibor beradi. Madaniyat falsafasining pred
meti doirasi madaniyat masalalari bilan cheklangan. Shu bois
madaniyat tushunchasi keng talqin qilingan taqdirda ham butun
jamiyatni qamrab ololmaydi. Madaniyat
falsafasi boshqa fanlar
ma’lumotlaridan foydalanish bilan birga o‘zining empirik ma-
teriallarini yig‘adi va tahlil qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy-
gumanitar fanlar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lib,
ularning kategori-
yalaridan faol foydalanadi. Bundan tashqari, madaniyat falsafasi
semiotik,
strukturaviy, postmodern, antropologik yondashuvlar
nuqtayi nazaridan o‘rganilishi mumkin.
Shunday qilib, madani
yat falsafasining talqin etilishi borasida turli-tuman yondashuvlar
mavjud bolsa-da, bu tushuncha va hodisaga yaxlit, umume’tirof
etilgan konsepsiya nuqtayi nazaridan yondashish ehtiyoji saqlanib
qolmoqda.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: