Falsafa asoslari


Ekosofiya va insonni asrash muammolari


səhifə80/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   221
Falsafa asoslari

Ekosofiya va insonni asrash muammolari. 
Ma’lumki, inson 
tana va ruhdan iborat. Ruh va tananing bir-birini taqozo eti- 
shi, ayni vaqtda, bir-birini inkor etishi, har safar yangi va yangi 
kuch bilan namoyon boluvchi ziddiyat sifatida, o‘z yechimi- 
ni faqatgina ma’naviy va jismoniy bolmagan boshqa bir narsa 
vositasida topishni taqozo etadi. Shu ma’noda, o‘z qobiliyatini 
ro‘yobga chiqarish, o‘zlikni anglash va asrash muammosi doim 
inson ekologiyasining bosh muammosi bolib kelgan. M.Monten 
o‘z vaqtida «Dunyoda eng muhimi o‘zlikni saqlashdir», deb bejiz 
yozmagan. '
Binobarin, biz o‘z manfaatlarimiz sohasini o‘rganishimizga 
qarab, asosan shaxsiy moljallarimiz chegarasidan chetga chiqa- 
miz va o‘zimizdan boshqa narsalarni, bizni qurshagan muhitni 
ko‘ra boshlaymiz. Inson ekologiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, 
inson populyatsiyalarining real turmush tarzini o‘rganishni na­
zarda tutish lozim. Bu yerda nafaqat insonning jismoniyligi, u 
yashaydigan moddiy muhit, balki ma’naviyat ham muhim aha­
miyat kasb etadi.
Zamonaviy fanlarda bu borada «Ekosofiya» 
atamasi 
qollanmoqda. U yangi atama bolib, shaxs xulq-atvorini bel- 
gilaydigan va uning o‘zligini saqlash xususiyatini ta’minlovchi 
shaxsiy qadriyatlar majmuyi hamda shu asosdagi dunyoqarashni 
anglatadi. Ekosoflyaning kategoriyalar tizimiga o‘z qobiliya­
tini ro‘yobga chiqarish va qadriyatlar tizimidan tashqari, o‘z- 
o‘zini tinimsiz o‘rganish ham kiradi. Uning eng yetuk shaklini
184


I.Kantning mashhur savollarida ko‘rish mumkin: «Inson nima? 
Men nimani bilishim mumkin? Men nimaga umid qila olaman? 
Men nima qilishim kerak?» Bular umuminsoniy muammolar 
ro‘yxatiga kiritilgan umumiy olamshumul savollardir. Ammo ya- 
shash jarayonida vaziyatga qarab muayyan savollar tug‘ilishi ham 
mumkin.
Inson har safar o‘z ahamiyatini teran his etganida muayyan 
qobiliyatlarini faollashtiradi. Inson mohiyati befarqlik holatida 
bolganida (inson ko‘pincha bu holatni o‘zi xohlagan holat sifati­
da qabul qiladi), ongning barcha imkoniyatidan foydalanilmaydi. 
Har qanday tanglik yoki mushkul muammo soat bongi sifatida 
yangrab, odamni mudroq uyqudan uyg'otadi. Insonning «ихlab 
yotgan» psixik qobiliyatlarini «uyg‘otish» muhim vazifa. Ko‘pgina 
odamlar shu asosda «o‘z ichidagi xira tortgan chiroqni qayta va 
yorqinroq yoqishni o‘rganadi». 0 ‘z qobiliyatlarini mumkin qadar 
kengaytirish uchun zarur darajasiga erisha olmaslik insonning 
asosiy muammosi hisoblanadi.
Inson evolyutsiyasi muammosi uning qobiliyatlarini kengayti­
rish va axloqiy qadriyatlarini takomillashtirish sohasiga tatbiqan 
hal qilinadi. Inson o‘z ichki birligi, doimiy egasini anglab yetishi 
lozim. Evolyutsiya yo‘lidagi birinchi qadam — o‘z-o‘zini o‘rganish. 
Bunda salbiy emotsiyalarga qarshi kurashish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar mavjud ekan, 
uning birligi, ongi, irodasi rivojlana olmaydi. 0 ‘z-o‘zini rivojlan- 
tirish uchun inson o‘zini kuzatishni, o‘zining foydali va zararli 
jihatlarini farqlashni o‘rganishi lozim. Shaxsda yuzaga keluvchi 
qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning rivojlanishini 
yo‘lga soladi va nazorat qiladi.
Xullas, odam zotining ona zamindagi hayoti, inson umri, 
uning ma’nosi, shaxs kamoloti bilan bogliq masalalar tavsifi va 
ularga nisbatan yondashuvlar xilma-xilligi davom etmoqda. In­
sonning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida 
yangi qarashlar paydo bo‘lmoqda. Lekin bir narsa aniqki, haliga- 
cha hech kim bu masalalarda nima asl haqiq it, nima ikkilamchi, 
nimaning ahamiyati boshqasinikidan ko‘p yoki kamligi haqida 
mutlaq to‘g‘ri va hamma tan oladigan xulosaga erisha olgani
185


yo‘q. Balki buning iloji ham yo‘qdir va bunday haqiqat kerak ham 
emasdir. Agar bunday haqiqatlarga erishilsa doimo yangilikka, 
kashfiyotlarga intiladigan inson uchun bu dunyoning qizig‘i ham 
qolmasligi mumkin. Bu esa odam zoti mavjud ekan uning uchun 
o‘zi va boshqa odamlar, ularning hayoti, faoliyati, insonlar ora- 
sidagi munosabatlar, aloqalar, shaxsning olamdagi va jamiyatdagi 
o‘rni bilan bog‘liq masalalar azaldan to abadgacha mavjud va 
dolzarb bolib qolaverishidan dalolat beradi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin