Falsafa asoslari


səhifə94/221
tarix18.11.2023
ölçüsü
#132776
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   221
Falsafa asoslari

Yetarli asos qonuni. 
To‘g‘ri fikrlashga xos bolgan muhim xu- 
susiyatlardan biri asoslilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida 
buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmas- 
dan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bolmasligi 
uchun uni asoslash, isbotlashga harakat qilinadi. Bunda chinligi 
awaldan ma’lum bolgan va o‘zaro mantiqiy boglangan mulo­
hazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi 
awaldan ma’lum bolgan, chinligi tasdiqlangan boshqa bir fikr, 
mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli 
asos qonuni orqali ifodalanadi.
Inson tafakkuriga xos bolgan bu qonunni birinchi marta ne- 
mis faylasufi va matematigi G. Leybnits ta’riflab bergan. Uning 
ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o‘zining mavjudligi uchun
208


yetarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bolgani 
kabi, ularning in’ikosi bolgan fikr-mulohazalar ham asoslangan 
bolishi kerak.
Yetarli asos qonunida to‘g‘ri tafakkurning eng muhim xususi- 
yatlaridan biri bolgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tar- 
tibda boglanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi 
ko‘rib o'tilgan qonunlar bilan o‘zaro bogliq holda amal qiladi. 
Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash 
uchun keltirilgan chin mulohazalar 
mantiqiy asos, 
berilgan mulo­
hazaning o‘zi esa 
mantiqiy natija 
deb yuritiladi.
Shunday qilib, to‘g‘ri tafakkurning yuqorida ko‘rib o‘tilgan 
qonunlarining har biri chin bilimga erishish uchun xizmat qila­
di. Bu qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin- 
ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar boglanishining 
xarakteriga qarab amal qiladi. Bu qonunlarning talablari bir- 
birini toldirgan holda mantiqiy tafakkurning chin bolishini 
ta’minlaydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   221




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin