fanidan o‘quv-uslubiy majmua
BARCHA BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI UCHUN
URGANCH – 2023
MUNDARIJA
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI…………………..
4
AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI……………………...
279
SEMINAR MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
280
GLOSSARIY…………………………………………………………
286
ILOVALAR:
TARQATMA MATERIALLAR
TEST
BAHOLASH MEZONLARI
292
MA`RUZA MATNI 1-MAVZU. FALSAFA VA UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI Reja Falsafaning predmeti, asosiy masalalari, tuzulmasi, funksiyalari.
Falsafaning paydo bo‘lishi va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati.
Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik va diniy dunyoqarash, falsafiy va ilmiy dunyoqarash, ularning o‘aro aloqadorligi
hamda o‘ziga xosligi. Raqamli sivilizatsiya sharoitida yoshlar dunyoqarashida axboriy tahdidlarga qarshi imunitetni shakllantirishda falsafaning ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar: falsafa, ontologiya, gnoseologiya, falsafiy antropologiya, etika, estetika, kosmosentrizm, globallashuv, aksiologiya, Falsafa, paydeyya, borliq, falsafiy muammolar, dunyoqarash, mifalogiya, mifalogik dunyoqarash, diniy dunyoqarash, falsafiy dunyoqarash, falsafaning funksiyalari, metodologik funksiya, aksiologik funksiya, tarbiyaviy funksiya.
Ushbu leksiyada olam-odam munosabatlarini ilmiy tushunishda falsafiy qarashlarning aloxida, betakror o‘rni borligiga e’tibor qaratiladi. Falsafaning fan sifatida shakllanishi uzoq tarixiy jarayon bo‘lganligi aytiladi. Fan sifatida uning o‘z tadqiqot soxasi, funksiyalari borligi ta’kidlanadi. Xar bir tarixiy davr muammolari falsafiy baxs soxasiga aylanishi tabiiy xol ekanligi dalillanadi. Olam va unda odamning o‘rni muammosi xamisha qizgin baxs-munozara ob’ekti bo‘lib kelgan. Bu muammoga ilmiy jixatdan yondashishning qaror topishida barcha mamlakatlar, jumladan, Uzbekiston faylasuflarining xam xizmatlari bor. Olamni, unda odamning o‘rnini falsafiy idrok etishdan avval «falsafa» va «falsafa fani» tushunchalari o‘rtasidagi umumiylik va ayrimlikning farqini anglab olish muximdir. «Falsafa» umumiy va keng tushuncha bo‘lib, olam, unda odam va uning uyushmalari (jamoalari, ijtimoiy harakatlari, partiyalari, davlatlari va x.k.)ning o‘rni, qisqasi inson omili qanday? degan savollarga xar bir tarixiy davrda, mintaqa va mamlakat xalqlari tafakkur va turmush tarzlaridan kelib chiqib, turlicha qarashlar mavjud bo‘lib kelgan va xozir xam shunday.
Insonda tabiatan falsafiy fikrlashga moyillik kuchli. «Filosofiya» atamasi yunoncha ikkita so‘z birikmasidir. («filio» - sevaman, «sofio» - donolik) «falsafa» esa lotincha «filosofiya» so‘zining o‘zbekchalashgan shakli bo‘lib, u «donishmandlikni sevish» ma’nosini anglatadi. Nemis filosofi Gegelning fikricha, falsafa donishmandlikning o‘zidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, qo‘shiqlardan tortib, barcha dinlarning muqaddas kitoblaridagi olam, unda odamning o‘rni qanday bo‘lishi kerak, degan savolga o‘ziga xos javoblar bor. SHuning uchun qadimgi greklar barcha fanlarni falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik ifodasi xisoblaganlar. Natijada odatiy (kundalik) ongda tarixan «falsafa – fanlar fani», «falsafa – fanlar onasi» degan fikr keng tarqalgan. Eshitilishi jozibali va extiromli ko‘ringan bu iboralar ostida falsafani fan sifatida tan olmaslik maqsadlari yotadiki, bu bizning davrimiz uchun xatarli mayl (tendensiya)dir. O‘atto olimlarning ba’zilari ana shu aqidaga tayanib, falsafa faniga munosabat belgilaydilar. G‘arb mamlakatlarida esa endilikda falsafaga extiyoj qolmadi, chunki u parchalanib, barcha fanlarga, ayniqsa ijtimoiy va gumanitar fanlarga tarqab ketdi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib munosabat belgilash mayli kuchlidir. Bunday qarashlarni XIX asrdagi pozitivizm asoschisi O.Kont ilgari surgan bo‘lib, u V.V.YAnevich, V.Vindelband tomonidan rivojlantirildi. «Falsafa – deydi Vindelband, - barcha mulkini farzandlariga ulashib, shundan so‘ng qashshoq odam sifatida ko‘chaga uloqtirib tashlangan qirol Lirga o‘xshab qoldi». Afsuski, bunday g‘ayriilmiy nuqtai nazarda turgan vatandoshlarimiz ham yo‘q emas. Bunday fikrlar xatoligini, gayriilmiy ekanligini g‘oyaviy-nazariy jixatdan isbotlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. CHunki falsafa fan sifatida shakllanib, o‘z tadqiqot sohasi aniqlanganiga ancha vaqt bo‘ldi.Falsafa fan sifatida mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, odam-olam munosabatlarining tub mohiyatini bilishga imkon yaratadi. Bu haqda ¤rta asrning mashhur faylasufi, «Ikkinchi muallim» nomi bilan jahonga tanilgan olim Abu Nasr Forobiy bunday deydi: «Mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz. Falsafa bilimi ochiq-oydin ishonchli dalil-hujjatlarga ega bo‘ladi.Odamlar falsafa yo‘li bilan isbot etilgan mavjud narsa haqida to‘la ishonch va qanoatga ega bo‘ladilar».1 Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy o‘z xulosalarida falsafa fan sifatida ilm-fan dalillariga asoslanishi, odam-olam munoabatlari shulardan kelib chiqadigan ishonch va qanoatga tayanish lozimligiga e’tiborni qaratgan. Falsafa fanining qonunlari, kategoriyalari, tushunchalari, tamoyillari va falsafiy bilish metodlari shakllanishi uzoq tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Ana shular orqali olamni, unda odamning o‘rnini falsafiy anglash imkoniyati vujudga keladi. Biz yashayotgan tarixiy davrda barcha kadrlar o‘zlarida falsafiy (donishmandlarcha) fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari ijtimoiy taraqqiyotda inson omilining o‘rni va rolini ilmiy anglab olishlari uchun kafolat bo‘ladi. Falsafa fan sifatida boshqa fanlardan ustun xam, kam ham emas. Moxiyatan falsafa fani predmetining aniqlanishi boshqa fanlardan farq qilmaydi. CHunki istagan fanni olmang, uning predmetining aniqlanishi uzoq tarixiy davrlarni o‘z ichiga olganining guvohi bo‘lasiz. «Falsafa» atama sifatida tarixan turlicha ma’nolarda qo‘llab kelindi. Jahondagi juda ko‘p olimlarning asrlar davomidagi izlanishlari, tadqiqotlari natijasi sifatida «olam-odam» munosabatlariga ilmiy-falsafiy yondashuvga imkon tugdiradigan o‘z tushunchalari, kategoriyalari, qonunlari, uslublari, tamoyillari aniq-ravshan bo‘lgach, nemis faylasufi Gegel tomonidan ularni muayyan bir tizim (sistema)ga solish boshlandi.
Olam va uning umumiy manzarasi, buni bilish mumkin yoki mumkin emasligi, shu jarayonda odamning o‘rni va olamni o‘zgartirishdagi rolini aniqlash, olamga go‘zallik qonunlariga asoslanib munosabat belgilashning turli usullariga amal qilish jarayonida muayyan dunyoqarash va tafakkur tarzi shakllanadi, shu dunyoqarashga va tafakkur tarziga muvofiq qadriyatli ong vujudga keladi. Bu dunyoqarash va qadriyatli ong odamning muayyan yo‘nalishdagi imon-e’tiqodida o‘z mujassamini topadi. Demak, falsafa fanining predmeti ana shu holatlarni qamrab olishi kerak, deb hisoblaymiz. SHuning uchun ham falsafa fani predmetining quyidagi ta’rifini beramiz va uni o‘z nuqtai nazarimizdan turib tavsiflaymiz. Olamni ilmiy bilish, unda odamning o‘rni va o‘zaro munosabatini aniqlash jarayonida keng qamrovli tafakkur tarziga asoslanib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, inson ongi va qalbiga shunga muvofiq imon-e’tiqod ruhini singdirish ilmiy falsafaning predmetidir.