Ayniyat qonuni Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda ularga xos bo‘lgan barcha muhim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida « A-A dir» formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonuni simvolik mantiq ilmida, ya’ni mulohazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘ida o‘ziga xos ko‘rinishda ifodalanadi:
Mulohazalar mantig‘ida a ® a va a « a. (Bunda a - har qanday fikrni ifodalovchi belgi, ® implikatsiya belgisi, « ekvivalentlik belgisi).
Predikatlar mantig‘ida ("x(R(x)®R(x)). Bu ifoda quyidagicha o‘qiladi: har qanday X uchun, agar X R belgiga ega bo‘lsa, X shu belgiga ega, degan fikr to‘g‘ri bo‘ladi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va aksincha, o‘zaro aynan bo‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu mantiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu qonunni, bilib yoki bilmasdan, buzish qolatlari uchraydi. Ba’zan, bu holat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan: «dialektika qonunlari» va «tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari» tushunchalari shakliga ko‘ra turlicha bo‘lsa ham mazmunan aynandir.
Tilda mavjud bo‘lgan omonim va sinonim so‘zlarning qo‘llanishi ham ba’zan turli fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishiga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi. Masalan: falsafiy nuqtai nazardan «sifat» tushunchasi, o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lsa, biror hunarmand tomonidan bu tushuncha, boshqa mazmunda (yaroqli, foydali) qo‘llaniladi.
SHuningdek u, bir tushunchaga kasb-hunari, hayotiy tajribasi va dunyoqarashi turli xil bo‘lgan shaxslar tomonidan turli mazmun yuklatilishida ham namoyon bo‘ladi.
Bahs-munozara jarayonida qanday qilib bo‘lsa ham raqibni aldash va yutib chiqish maqsadida ayniyat qonunining talablarini ataylab buzuvchilar sofistlar deb ataladi; ularning ta’limoti esa sofistika deyiladi.