Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023


Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə43/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari.
Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar.
Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan. XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan.
Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi.
Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi.
Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan. Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya.
Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar.
Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi.
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o’zining “Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin yuqoriroq darajada o’tadi. Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo’lgan.
1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan (1818-1881 yy) o’zining “Qadimgi jamiyat” kitobida sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun qo’llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, xo’jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va yuqori bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat qiladi.
Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar “asosi” - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi.
Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy) ning fikricha, “sivilizatsiya” har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.
O.Shpengler “Yevropa quyoshning so’nishi” asarida G’arbiy Yevropa tarixiga xos evropotsentrizm, panlogizm, istorizm, to’g’ri chiziqli progressizm printsiplarini tanqid qildi va madaniy - tarixiy jarayonning aylanma harakati nazariyasini yaratdi. Bu nazariya sivilizatsiyaning tsiklli rivojlanishi, ya’ni takrorlanib turishi haqidagi konsepsiyaga olib keldi.
Shpengler ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi.
Ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975) sivilizatsiyani yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o’zining o’n ikki tomlik “Tarixni anglash” asarida keltirgan o’zaro o’rin almashuvchi lokal sivilizatsiyalar konsepsiyasida sivilizatsion taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida chaqiriq va javob nazariyasini ilgari surdi.
Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o’zagi va tayanchidir. Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif qilishda u yoki bu jahon dinlarini asos qilib olinishi bejiz emasdir: musulmon sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi va hokazo.
U dastlab 21, keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy jarayonning to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va sivilizatsiyaning bosqichli-tsiklik rivojlanishini ta’kidladi. Toynbi Arab, Xitoy, Shumer, Mayya, Hind, Ellin, G’arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalarni tadqiq etish natijasida “...tabiiy muhitdagi va odamlar tegrasidagi yashash sharoitlarining og’irligi sivilizatsiyaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi”, -degan xulosaga keladi. Toynbi sivilizatsiyalarga “evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar” sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o’tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo’ladi va uning o’rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.
Nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969 yy.) o’zining “Tarix manbalari va uning maqsadi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning bosqichma-bosqich rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surdi: tarixgacha bo’lgan davr, qadimgi davr madaniyati, vaqt o’qi (jahon tarixining boshlanishi), texnik davr (yagona jahon tarixiga o’tish). Uning fikricha tarixning mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan e’tiqod bilan belgilanadi. Mazkur e’tiqod insoniyat vakillarini bir-biridan ajratmaydi, balki jipslashtiradi. Insoniyatga bunday e’tiqodni biron-bir jahon dini yoki milliy din taklif qilolmaydi
Sotsiolog P.Sorokin (1889-1968) insoniyat madaniyatining butunjahon-tarixiy taraqqiyoti nazariyasini yaratdi. U bu taraqqiyotni markaziy mazmunga yoki mentallikka ega ulkan madaniy supertizimlar doirasida ko’rib chiqdi. Bu madaniy supertizimlar yoki sivilizatsiyalar insonlarning hayoti va hulqini, ko’pgina tarixiy jarayonlar va an’analarni belgilaydi. Tarixning har qanday davrida, Sorokinning fikricha, beshta asosiy madaniy tizimlar mavjud: til, ahloq, din, fan, san’at. U sivilizatsiyalarni moddiy madaniyat hech bir tizimsiz ravishda namoyishga qo’yilgan ulkan muzeylar sifatida talqin qiladi. Sorokin sivilizatsiyalar tabiatining yaxlitligi g’oyasiga tanqidiy yondashib, uning tarkibiy qismlari o’zaro bog’lanmagan, deb hisoblagan.
“Iqtisodiy va ijtimoiy tarix annallari” (1929 g.) fransuz jurnali redaksiyasi atrofida vujudga kelgan tarixiy maktab asoschilari va vakillari bo’lmish fransuz tarixchilari Mark Blok (1886-1944) va Lyusyen Fevr (1878-1956) lar jahon taraqqiyoti muammosiga o’zgacha yondashgan. Ularning fikricha tarixiy taraqqiyotning asosini mentalitet tashkil qiladi. L.Fevr birinchilardan bo’lib o’zining “Sivilizatsiya: so’z evolyutsiyasi va g’oyalar guruhi” asarida “sivilizatsiya” atamasining kelib chiqish vaqtini aniqlashga ham harakat qilgan.
O’tmish hodisalarini tushuntirishda Fernan Brodel (1902-1985) va bir qator boshqa fransuz tarixchilari tarixiy qonuniyatlar yoki tasodifiylikka birinchi darajali e’tibor qaratmasdan, birinchi o’ringa “muhit” (tarixiy vaqt) omilini qo’yishgan. Ularni birinchi navbatda xalqlarning hayoti, turmushi va mentaliteti qiziqtirgan.
XX asrning ikkinchi yarmida, sovuq urush davrida va u tugagandan so’ng insoniyat rivojining umumiy chizmasini yaratish va sivilizatsion taraqqiyot jarayonining istiqbollarini ko’rsatishga urinish sifatida bir qancha tadqiqotlar paydo bo’ldi. Tarixiy rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasini ilgari surgan amerikalik sotsiolog Uolt Rostouning fikricha jamiyat taraqqiyotida texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Industrial jamiyat nazariyasining yaratuvchilaridan biri bo’lgan fransuz sotsiologi R.Aron (1905-1983) jamiyatning nomafkuraviy nazariyasini hamda texnika va jamiyatning o’zaro ilgari ta’siri tezisini surgan.
XX asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy-texnika taraqqiyoti industrial jamiyatni butunlay o’zgacha sifatlarga ega postindustrial jamiyatga aylanishi haqidagi g’oyalar ishlab chiqila boshlandi. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri amerikalik sotsiolog D.Bellning fikricha tarix jamiyatda texnika taraqqiyotining darajasiga bog’liq holda rivojlanadi. U jamiyat taraqqiyotining uch bosqichini ajratib ko’rsatadi: industriyagacha, industrial va postindustrial.
Yana bir amerikalik sotsiolog A.Toffler o’zining “Uchinchi to’lqin” (1980) asarida birinchi to’lqin sifatida qishloq xo’jaligi tsivvilizatsiyasini, ikkinchi to’lqin sifatida industrial sivilizatsiyani ko’rsatadi. XX asr oxiridan boshlangan uchinchi to’lqinningn nomini olimlar turlicha nom bilan atashmoqda: kosmik yoki elektron era, texnotron jamiyat. Toffler informatsion jamiyat atamasini qo’llamagan bo’lsa-da, uning asari chop etilgach, ushbu so’z mashhur bo’lib ketdi. Amerikalik tadqiqotchi J.Nesbitt esa o’z asarlaridan birida postindustrial jamiyatni informatsion jamiyat deb atadi.
Garvard universiteti qoshidagi Strategik tadqiqotlar institutining direktori S.Xantington 1996 yilda chop etilgan shov-shuvli “Sivilizatsiyalar to’qnashuvi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning pessimistik nazariyasini keltiradi. Ushbu asarda insoniyatning kelajagini sivilizatsiyalar qarama-qarshiligi belgilab beradi degan fikr ilgari surilgan. Xantington diniy omil asos qilib olingan quyidagi sivilizatsiyalar ro’yxatini keltiradi: g’arbiy, pravoslav, islom, xitoy, hind, afrika (so’roq ostida), Lotin Amerikasi. Bu o’rinda g’arb sivilizatsiyasi katolik-protestant dunyo sifatida qaralgan.
Shunday qilib, sivilizatsion taraqqiyot xususida bugungi kunda ham yangidan-yangi g’oyalar yaratilmoqda, yangicha modellar taklif etilmoqda. Bu jarayonda globallashuv ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Inson - falsafaning bosh mavzusi. Insonning yaralishi, moxiyati va jamiyatda tutgan o'rni falsafiy muammolar tizimida muhim o'rin tutadi. Turli falsafiy ta'limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo'lipsh tabiiy ham edi, chunki inson moxdyatan ijgimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o'zligini chuqurroq an-glashga, insoniy mohiyatini ro'yobga chiqarishga intilaveradi.
Suqrotning «O'zligingai bil» degan xdkmatli so'zi har bir tdrixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug' mutasavvuf Abdulxoliq G'ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada baxs yurigiladigan barcha masalalar inson muammo-siga bevosita daxldordir. Umuman olganda, insonga daxddor bo'lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og'irini yengil Qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma'noda, inson, avvallo,o'zi uchun zarur bo'lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimshi yaratgan.
Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy moxdyatning namoyon bo'lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va Mohiyati bilan bog'liqdir.
Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o'rganadi. Inson shunday murakkab kab va ko'p qirrali mavjudotki uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma'nodosh bo'lsa ham, bir„ biridan farqlanadi.
Inson - o'zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlari ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish sharoitga moslashish kabilar xos.
Inson boshqa mavjudotlardan soqial xususiyatlari bilaa ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste'mol qilish, boshqarish, o'z-o'zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va ta'qiqlash) shular jumlasidandir.
Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g'am-tashvish, qayg'u, iztirob chekish, zavqyaanish, kayfiyat kabilar kiradi.
Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o'z extiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta'minlaydi. Insonga xos bo'lgan biologik xususiyaglarni ijgimoiy xususiyatlardan ustun qo'yish yoki psixologik xususiyatlarni bo'rtgirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.
Falsafa tarixida inson to'g'risidagi ta'limotlarda biolo-gazm, sotsiologizm, psixologizm kabi yo'nalishlari vujudga kelgan. Biologazm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, soqiologizm insonning ijgimoiy xususiyatlariga, psixologizm esa, ma'naviy, ruhiy, psixologik xususiyatlariga* bir yoqlama yondashishga asoslangan edi.
Inson tarixning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta'minlaydi. U o'z bilimi, tajribasi va yutuqiarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o'z aqii tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi, o'z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bo'lib xizmat qiladi.
Tabiat va jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini ta'minlashi barcha ijobiy va foydali nuqtalarni saqlashi va tarib etishi kabi xususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi. Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo'lish va rivojlanishini ruh bilan bog'laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo'lgan biror-bir xususiyatga alohida urg'u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko'proq e'tibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudod sifatida ta'riflagan. Vladimir Solovyev insonning bosh mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig`inish kabi xususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o'zining tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig`inish insongagina xos.
Inson tabiati - g'oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u - hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma'naviyat uni boshqa mavjudotlarda yuqori darajaga ko'taradi. Insonni o'rganadigan fan - antropologiya deb yuritiladi, qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, yetilgan ijtimoiy muammolar moxiyatini to'g'ri tushunishga xalaqit berishi mumkin. Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g'oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma'naviylikni uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy - badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo'lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo'lishga rag'batlantiradi. Yuksak ma'naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijgimoiy adolat o'rnatib, saxiy va olihimmat bo'lishga undaydi.
Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.
Shaxs tushunchasini “individ” tushunchasidan farqlash lozim. Individuallik haqida turli darajada gapirish mumkin. Masalan, bioximik, neyrofiziologik, psixologik va hokazo. Lekin bu indivi-duallik shaxs tushunchasini to‘liq aks ettirmaydi. Shaxs esa ong va o‘z-o‘zini anglash paydo bo‘lishi bilan yuzaga keladi.
Falsafiy-qomusiy lug‘atda individ tushunchasini, aniqrog‘i individualizmni (lotincha - bo‘linmas) inson shaxsiy hayotining alohidaligi, shaxs huquqlarining mutloqligini va avtonomiyasini ifodalovchi falsafiy axloqiy tamoyil, deb ta’riflangan.
“Vatan tuyg‘usi” kitobida ta’kidlanishicha, individ degan tushuncha lotincha “individium” degan so‘zdan kelib chiqqan, “bo‘linmaydigan” degan ma’noni anglatadigan bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxs, hayvon va o‘simlikni bildiradi.
“Individ” va “individualizm” bir-biriga yaqin atamalar bo‘lsa ham har birining o‘ziga xos mazmun va mohiyati bor. Agar individ deganda mustaqil yashaydigan tirik vujud, shaxsni tushunilsa, individualizmning kelib chiqishi falsafa qomusiy lug‘atida to‘g‘ri yozilishicha, uning mohiyatini asoslashga qaratilgan qarashlar shaxsni jamoaga qarama-qarshi qo‘yish, shaxsiy manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishni ifodalovchi tamoyil sifatida xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bir paytda shakllangan.
Falsafada qabul qilingan individ tushunchasi uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Uning shakllanish davrining boshlanishi ibtidoiy jamoa bosqichiga to‘g‘ri keladi. Uning jismoniy mav-judligi, individ sifatida mustaqilligi o‘zi mansub bo‘lgan urug‘ jamoasi doirasida bo‘ladi.
Akademik Erkin Yusupov “Falsafa” o‘quv qo‘llanmasida, “Urug‘ jamoasining yemirilishi bilan asta-sekin ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkchilik bir xotinlikka asoslangan oilaning qaror topishi inson rivojlanishida individdan yuksak bo‘lgan yangi bosqich kelib chiqishini ta’minlaydi”, deb yozadi.
Darhaqiqat, ijtimoiy taraqqiyotning keyingi yuqori bosqichlarida insondagi individuallik, boshqacha qilib aytganda, alohidalik yo‘qolib ketmaydi, aksincha unda bu xususiyatlar ob’ektiv ravishda inson xususiyatlarini ifodalovchi bo‘lib davom etaveradi. Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sifatlaridir. Individuallik alohida olingan insonning aniq hatti harakati, malakasi, layoqati, odat va ko‘nikmalarini ifodalaydi.
Jamiyatda moddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish, siyosiy, ma’naviy-madaniy ishlarda ishtirok etish, fan va san’at sohalarida noyob asarlarni ijod va kashfiyot qilish, umuman olganda ko‘plab burchlarning bajarilishida ana shu individuallik namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda ijodiylik hukm suradi. Individuallikda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farq qilib turadi.
Individualizm atamasini sharq va Farb mutafakkirlari o‘ziga xos mazmunda ishlatib kelganlar. Farb olimlari individualizmga lotincha individium – bo‘linmas, ya’ni inson shaxsiy hayotining alohidaligi sifatida qaraganlar, sharqda esa, fard arabchadagi yakka, yolg‘iz ma’nosida ishlatilib, uning mazmuni keng qamrovli ekanligiga e’tibor qaratilgan.
O‘rta asr oxirlaridan boshlab individ (fard) jamoadagi o‘z o‘rnini topgan shaxsga nisbatan ishlatilgan, individuallikning shaxsdan farqi individning betakrorligi, alohidaligi va o‘ziga xosligidir.
Olimlarning tadqiqotlarida individ, ya’ni fardning sharq mutafakkirlari ijodidagi tahliliga e’tibor qaratilgan. Masalan, B.Sh.Karimovning “Am’aq Buxoriyning ijtimoiy qarashlari” (sotsiologik tahlil) nomli nomzodlik dissertatsiyasida fard so‘zining bir necha, ya’ni: yagona, yakka, mujarrad, hamrohsiz, o‘zgalarga o‘xshamaydigan benazir, bir kishi, bir nafar, ajralgan, yakka o‘zi ma’nolarga egaligi qayd qilingan.
Individuallik (fard) dagi keng qamrovli mazmunning ifodalanishi muayyan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-axloqiy zaruriyatlar oldinga suradigan talab va ehtiyojlar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, IX-XV asrlarda Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlar falsafa, fan, din va san’atda shunday yangi fikrlarni aytishga muvaffaq bo‘ldilarki, ular nafaqat o‘z davrlari uchun, balki keyingi davrlar uchun ham ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonining tarixiga nazar tashlasak, shu narsa ayon bo‘ldiki, antik davrning oxirlarida individuallikni shaxs deb ataganlar, inchinun u faqat tabiiy organizm emas, balki insoniy, ijtimoiy mavjudot sifatida qabul qilingan. Shundan e’tiboran shaxs atamasi va unga taalluqli narsalar shaxsiylik ma’nosida ishlatilishi odat tusiga kira boshlagan.
Hozirgi zamon falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlarda shaxs tushunchasiga bir necha talqin berilgan. Ya’ni, shaxs deb muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan, o‘z taqdirining egasi bo‘la olgan, individual holatda intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarga ega bo‘lgan odamga aytiladi.
Tarixan turli diniy-falsafiy tizimlar shaxsga o‘zlaricha yondoshganlar. Agar antik davr falsafasida shaxsga nisbatan asosan munosabatlar deb qaralgan bo‘lsa, xristianlik ta’limotida shaxs maxsus mohiyat, “Individual substansiya”, aqliy xususiyat, nomoddiy ruhning sinonimi deb tushunilgan.
Yangi davr falsafasida fransuz faylasufi R.Dekartdan boshlab shaxs haqida dualistik g‘oya shakllanishiga yo‘l ochildi. Bunda birinchi o‘ringa o‘z-o‘zini anglash “Men” tushunchasi bilan birlashtirib yuborildi.
Nemis faylasufi I.Kant fikricha, shaxs o‘z-o‘zini anglashi orqali shakllanadi, bu holat unga hayvonlar olamidan farqlab, o‘zining “Men” ini axloqiy qoidalarga bo‘ysundirish imkoniyatini beradi.
Ingliz faylasufi Dj.Lokk esa shaxsni “aqliy”, “fikrlovchi” mavjudot, deb tushungan.
“Shaxs”alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan individ ma’nosini anglatadigan tushunchadir. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘z predmeti nuktai nazaridan ishlatiladi. Shaxs hakida xilma-xil talqinlar bor. Shaxs - biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarniig yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir.
Yuqorida zikr qilingan faylasuf olimlarning shaxs haqidagi ta’riflaridan kelib chiqib unga shunday ta’rif berish mumkin. Ya’ni, shaxsning shakllanishi o‘z-o‘zini anglash va aqliy fikrlashdan tashqari avvalo muayyan tuzumda faol qatnashishi bilan ijtimoiy hayotning qaror topishiga o‘z hissasini qo‘shish, buning uchun o‘z intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarini to‘liq namoyon qilish va nihoyat shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarining o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
Shunday qilib, individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, individuallik uni muayyan o‘ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, “shaxs” tushunchasiga yanada torroq ma’no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Ya’ni keng talqinga yo‘l qo‘yadigan “individ” va “individuallik” tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. “Shaxs” tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shu ma’noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni, “ijtimoiy qiyofasi” nuqtai nazaridan tavsiflaydi.
Falsafa tarixida antropologik g‘oyalarning rivojlanishi, odamzot evolyusion taraqqiyoti xamda uning Er deb atalgan bir butun tabiatga, shuningdek ijtimoiy taraqqiyotga xal qiluvchi ta’sir o‘tkazish bosqichi – Noosfera davriga kirganini har bir individ anglab olishi zarur.
Muayyan ijtimoiy birlik (butunlik) ichidagi ayrimlik individdir. yani individ yakka-yolg‘iz odam emas, balki betakror (individual) xususiyatlariga ega bo‘lgan ayrim kishidir. Individda ayrimlik bilan umumiylik uyg‘un xolda mavjud bo‘ladi. Umumiylikdan ayrimlikni farqlash uchun individ tushunchasi qo‘llaniladi. Umumiylikdagi ayrimlik – individuallik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
a) muayyan ijtimoiy gurux, jamoa, tashkilotni tashkil etgan odamlarning o‘ziga xos fel-atvorlari;
b) o‘zini tashkil etgan muayyan ijtiomiy gurux kishilarining o‘zlariga xos ijtimoy belgilari, sotsial qiyofalari.
Individ va shaxs tushunchalari bir-biriga yaqin. Shaxs betakror (individual) sifatlari bilan albatta individ, ammo u faol xususiyatlari tufayli shaxsdir. Individni o‘ziga xoslik, betakrorlik sifatlasa, shaxsni shu bilan birga, erkin, ijodiy fikrlash va muayyan vaziyatda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olib, mustaqil harakat yo‘nalish olish qobiliyati kabi sifatlar belgilaydi. Shaxs har bir davrda mavjud bo‘lgan muayyan ijtimoiy extiyojlar va manfaatlarni ilg‘ab olib, o‘zi mansub bo‘lgan odamlar guruxi manfaatlarini to‘laroq gavdalantiradigan va u sotsial guruxga xos fazilat va qusurlarni yorqinroq namoyon etadi. Bunday shaxslar o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy gurux manfaatlarini faol ximoya qila oladi va buning uchun masuliyatni o‘z zimmasiga dadil ola biladi. yani muayyan umumiylik ayrim shaxslarda o‘zining yorqin ifodasini topadi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin