Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə49/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Estetika so‘zining ma’nosi va tarixi.
2. Arastu go‘zallikni qanday ifodalaydi?
3. Go‘zallik qonunlarini ayting.
4. Oila qanday jihatlarni o‘z ichiga oladi?
5. Fuqarolik jamiyatida inson manfaatlari qanday o‘rin egallaydi?
6. Davlatning axloqiy vazifalari?
7. Muomala odobi to‘g‘risida?
8. Kasbiy odob muammosi?
9. 2021 yil qanday nomlangan?
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
3. Davronov Z, Shermuhammedova N., Qahhorova M, Nurmatova M, Husanov B., Sultanova A. Falsafa- Toshkent: TMU.2019
4. Shermuhammedova N.A Falsafa. 2 nashr. Toshkent: “Idris” nashriyoti, 2020.
5. SHermuhammedova N.A.Falsafa. 2-nashr, Toshkent: “Noshir, 2020.
8. Chumakov A.N. Filosofiya. Uchebnik. 2-izdanie. Moskva: INFRA-M, 2018.
Axborot manbalar
9. Abdulla Sher, B.Husanov, E.Umarov. Estetika. (Uslubiy qo’llanma),-Т.: Universitet, 2008.
7. www.ziyonet.uz


7-Mavzu: Estetika nazariyasi
Reja:
1.“Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati. “Estetika” haqidagi qarashlar tarixi.

  1. Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi.

  2. Go‘zallik va uning muqobillari.



Tayanch so’z va iboralar: No san`at estetika, tabiat estetikasi, texnogen estetika, dizayn estetikasi, mehnat estetikasi, sport estetikasi. Nafosat, go‘zallik, ulug‘vorlik, kulgulilik, fojeaviylik, satira, komiklik, hazil, xunuklik, go‘zal olam, me’yor,predmetning yaxlitligi, uyg‘unligik, predmet tuzilishining maqsadga muvofiqligi, estetik forma,estetika his-tuyg‘u, estetik orzu,estetik did, estetik qarashlar.
Estetika yunoncha ektezikos so‘zidan olingan bo‘lib, – sezish, his qilish, idrok degan ma’noni anglatadi. Bu iborani ilm-fan estetikasi sifatida birinchi marta nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1772) o‘zining «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to‘g‘risida» nomli asarida qo‘llagan. Biroq bu bilan uni estetika fanining asoschisi deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki estetika fani ancha ilgariroq paydo bo‘lgan.
Dastlabki estetik ta’limotlar – Sharq mamlakatlarida (Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, eron, Turonda) vujudga kelib, qadimiy YUnonistonda ayniqsa, Platon, Arastu, Suqrot, Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning asarlarida rivojlantirilgan.
Estetika fani XVIII asrning ikkinchi yarmida mustaqil fan sifatida shakllangan. Baumgartenning xizmati shundaki, u estetika nazariyasining filosofiyadan ajralib chiqish jarayonini sezdi. U go‘zallikni va uning san’atdagi turlarini tekshiradigan falsafa fanini «Estetika» deb atadi.
Kant va Gegel bir butun falsafiy fan sifatida estetik qarashlar sistemasini yaratishga urindi. Ular estetika faniga «estetik» degan tushunchani kiritdi. Bu tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon «go‘zal», «chiroyli», «oliyjanob», «fojeali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did» kabi kategoriyalar estetika degan umumiy asosga ega bo‘ldi.
Estetika fani taraqqiyotida turli davrlarda turli faylasuf olimlar o‘z qarashlarini bayon etdilar. Masalan, idealistlar san’atning estetik xossalarini «idea»lardan qidirgan bo‘lsalar, XVIII asr ma’rifatparvarlari «Estetik xossalar voqelikning o‘zida mujassam» deb ta’kidladilar. XIX asrda yashagan Belinskiy «Haqiqiy, amaliy jihatdan faol san’at - estetika predmetidir», «Estetika faqat san’atni yaratuvchilargagina emas, balki uni idrok qiluvchilarga ham kerak», «Estetika predmeti faqat san’atning o‘zinigina emas, balki insonning estetik tuyg‘usini ham o‘z ichiga oladi» deydi.
Chernishevskiy o‘zining «Estetika san’atning umumiy nazariyasi» nomli asarida «San’at asarlari va san’atkor amal qiladigan normalargina emas, balki real turmushdagi buyumlar, faktlar va qonunlar ham estetik muhokama predmetidir,- deb ta’kidlaydi. Uning xizmati shundaki, u fanga «Estetika» - degan mavhum terminga «hamma uchun qiziqarli» degan nom berdi.
Olamdagi maxluqotlar orasida aql-idrok sohibi bo‘lgan odamga, yorug‘likni, qorong‘ulikdan, (tunni kundan), turfa xil ranglarni bir-biridan farqlay olish, kulgili va fojiali holatlarni mushohada etish, go‘zallik, ezgulik, ulug‘vorlik, oliyjanoblik olamiga intilish bilan birga xunuklik, xudbinlik, loqaydlik, johillik pastkashlik illatlariga qarshi kurash olib borish qobiliyatini ham in’om etgan.
Inson shu qobiliyati tufayli o‘zligini anglab komillik sari intilib kelmoqda. Insonning o‘ziga, o‘zi yashayotgan turli muhitga havodek zarur bo‘lgan go‘zallik, nafosat dunyosini yaratishdek mashaqqatli mehnati tufayli shu qadar ulug‘vor ahamiyatga molik bo‘lgan ma’naviy boylikni vujudga keltirdiki, ularga hayrat bilan boqib, insonning aql farosat qudratiga tahsinlar aytamiz.
Nafosat va go‘zallik olami shu qadar xilma-xil, rang-barang, jozibali, ehtirosli, mo‘‘jizali, sehrliki, unda moddiy go‘zallik bilan ma’naviy go‘zallik uyg‘un holda chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga intilishi atrof voqelikni anglashga intilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson moddiy go‘zallik dunyosini bunyod etishi jarayonida ma’naviy go‘zallikni ham kashf eta borgan, ya’ni nafosat olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushohada etish jarayoni bilan uyg‘unlikda sodir bo‘lgan.
Estetika – bu estetik bilish hamda voqelikni o‘zgartirishning umumiy qonunlarini o‘rganadigan fandir. Bunda birinchidan – estetika faqat san’atni o‘rganadi; ikkinchidan, u borliq va san’at go‘zalligi haqidagi fan deb talqin qilinsa, juda tor va noto‘g‘ri xulosa chiqargan bo‘lamiz. Negaki, estetika san’at bilan ham, inson hayoti va faoliyatining turli sohalari, ya’ni mehnat, turmush, xulq-atvorlarida, estetik asosning namoyon bo‘lishi bilan ham shug‘ullanadi.
Estetikani faqat go‘zalliknigina emas, balki, sifat va xususiyat, oliyjanoblik, bema’nigarchilik, fojiali va kulgili hodisalar ham qiziqtiradi. estetika yordamida biz butun olamni, unga nisbatan o‘zimizning insoniy, ijtimoiy munosabatlarimizni ham tushunamiz.
Estetika fani: birinchidan, insonni tevarak atrofdagi moddiy va ma’naviy boyliklarning barchasini qamrab olishiga; ikkinchidan, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi nafosat olamini, san’atning barcha turlari vositasida chuqur o‘rganishga da’vat etadi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin