Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə6/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Mifologik (yunoncha – «mifos» - naql, rivoyatlar haqidagi ta’limot demakdir) dunyoqarash jamiyat taraqqiyotining eng boshlang‘ich davriga xos bo‘lib, unda olam hodisalari naqllar, rivoyatlar, afsonalar asosida tushuntiriladi. Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaqtda keng tarqalgan bo‘lib, uning kelib chiqish sababining asosini insonning o‘zini qurshab turgan olamni bilishga intilish yotadi. Mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz narsalar bir xil tarzda ifodalanadi. Unda dunyoning qanday paydo bo‘lganligi, olamning asosida nima yotishi, narsa va xodisalarning o‘zaro aloqadorligi afsonalar, ertaklar misolida ifoda qilinadi.
Mifologik dunyoqarashning xususiyatlari:
- Bu dunyoqarash insoniyat taraqqiyotining eng quyi bosqichlariga to‘g‘ri keladi. Unda tabiat insondan ajratilmagan holda tasvirlanadi, tabiat xodisalari jonlantiriladi, tabiatning mohiyati, xususiyatlari insonga xos bo‘lgan xislat-xususiyatlar asosida tushuntiriladi.
- Mifologik dunyoqarashda kishilarning olam to‘g‘risidagi fikrlari afsonaviy qahramonlar obrazlari orqali gavdalantiriladi. Mifologik dunyoqarashda hayot va hayol, fikr va his-tuyg‘u, bilim va badiiylik, ob’ektivlik va sub’ektivlik yaxlit xolda ifoda etiladi. Garchi ijtimoiy taraqqiyotning nisbatan keyingi bosqichlarida mifologik dunyoqarashning olamni anglash usuli sifatida etarli emasligi, kishilarni qanoatlantirmasligi ravshan sezilib qolgan bo‘lsa-da, u xalqlar ma’naviy madaniyatining shakllanishi va taraqqiyotiga barakali ta’sir ko‘rsatdi, oqibatda rivoyatlar, xalq eposi, afsonalar, naqllar adabiyot va san’at taraqqiyotida o‘z ifodasini topdi.
Mifologik dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki dunyosining manzarasi o‘zining dastlabki ifodasini topgan. Mifologik dunyoqarash bilan dastlabki sodda falsafiy qarashlar omuxtasi sifatida diniy dunyoqarash o‘z-o‘zidan shakllangan. Mifologiyada narsa va uning obrazi, moddiylik va ma’naviylik bir-biridan ajralmagan yaxlit holatda tavsiflansa, diniy dunyoqarash bularni bir-biridan ajratib tavsiflaydi. Diniy dunyoqarash tarixiy taraqqiyotning nisbatan keyingi bosqichlarida vujudga kelgan bo‘lib, u olamni, tabiiy va ijtimoiy xodisalarni ilohiy kuchlar ta’siri va mo‘‘jizasiga bog‘lab tushuntiradi. SHu bilan bir qatorda diniy dunyoqarash tabiat, olam borlig‘idan tashqari ilohiy borliqning mavjudligini tan oladi.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin