2. Talaba bilimini testlar yordamida baholash masalasi. Talaba bilimini test usulida baholash bugungi kunda pedagogik amaliyotga keng kirib keldi. Umuman olganda ushbu uslub ko‘p yutuqlarga ega. Lekin uni falsafa sohasida qo‘llash ko‘p murakkablikka ham olib keddi. SHuning uchun baholashning bu uslubidan yagona vosita sifatida foydalanish bizningcha muammoli masaladir. Uni mutloq deb qarash kamida quyidagi kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
1. Darslar mobaynida talaba egallagan bilimning mazmuni nazardan chetda qoladi, ya’ni nazoratning ushbu shaklida talabalar bilimining sof miqdoriy, shakliy (formal) jixati ustivor bo‘lib qolib, asosiy bo‘lgan sifat taxlil ikkilamchi o‘ringa tushib qoladi, xatto bu taxlil amalga oshirilmasligi xam mumkin.
Falsafaning o‘ziga xosligi hisobga olinmaydi. Xususan, falsafada "ha" va "yo‘q" degan javoblar to‘laqonli javob hisoblanmaydi. Bu erda masalalarga individual yondoshuv, dalillashning maxsus xarakteri xam hisobga olishnishi muximdir.
Test uslubining baholash mezonlari etarlicha yaxshi ishlab chiqilgan emas: O‘rtacha o‘qiydigan talaba faqat darsga qatnashib yurgani uchungina ijobiy baholanishi sodir bo‘lishi mumkin.
Nazoratni bir tahlitlikka, faqat testlarga qatiy moslashtirilishi bugun nazoratni formal ravishda ball qo‘yishdan iborat bir narsaga aylantirishi mumkin.
Ushbu uslub fikrlash jarayonini bir qolipga solib qo‘yishi (standartlashtirishi) extimoli katta. Bu xol, gumanitar fanlardan mutaxassislashuvchilarning individual sifatlarini haqiqiy aniqlash imkonini cheklab qo‘yadi.
SHuning uchun faylasuf talabalar bilimini nazorat qilish va baholab borishning boshqa shakllarini ham qo‘llash yaxshi samara beradi.
SHunday shakllardan biri talabaga echish uchun masalalar berishdir. Masalan, talabalarga alohida kichik qog‘ozlarga (kartochkalarga) yozilgan quyidagi masalalarni yozib, unga yozma yoki og‘zaki ravishda javob berishlarini topshirish mumkin:
1. "Harakat mutloq hamda nisbiy",
Xuddi shu fikrni sokinlikka nisbatan ham aytish mumkinmi?
2. Tabiatshunoslik fanlari dunyoning cheksizligi muammosini echa oladilarmi?
"Ob’ektiv haqiqat" va "Ob’ektiv reallik" tushunchalari orasidagi farq nimada?
Agar ong voqelikni in’ikosi nusxasi, surati deyilsa, u xolda yangining ijod etilishi qanday sodir bo‘ladi?
Agar mohiyat bilan xodisa o‘zaro mos kelsa, dunyo bizga qanday gavdalangan bo‘lar edi?
Musiqa ma’naviy hodisami yoki moddiymi?
1 Гегель Г. Наука логика. -М.: Наука, 1994. –С.161
2 Аристотель // Всемирная энциклопедия. Философия. -М.: Современный литератор. 2001.-С.69
3 Джемс У. Зависимость веры от воли. – СП(б).: 1994. –С. 35.
4 Гегель Г.В. Энциклопедия философских наук. Соч. Т. 1. -М.: – С.145
5 Толстой Л.Н. Воспоминания. – М.: Прогресс, 1991. – С.3.
6 Харенберг Б. Хроника человечества. – М.: Слово, 2000. – С.387.
7 Печчеи А. Человеческие качества. – М.: 1980. – С.123, 124.
11 Печчеи А. Человеческие качества. – М.: 1980. – С.7