Ongningkommunikativ funksiya (aloqa funksiyasi)da odamlar umumiy mehnatda ishtirok etadilar va bir-birlari bilan o‘zaro aloqalarga kirishishga doimi muhtoj bo‘ladilar. Fikrlarning bu aloqasi nutq orqali (ovozlik aloqa) va texnika vositalari yordamida (matnlar, kodlangan axborot) amalga oshiriladi.
Shaxs ongining mantiqiy siklinitartibga solish (boshqaruv) funksiyasi yakunlaydi. Ong omillarga baho berish asosida va qo‘yilgan maqsadga muvofiq inson harakatlarini, keyinchalik esa – jamoalarning harakatlarini ham boshqaradi, tartibga soladi.
Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va omilidir. Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq ta’riflangan. “Avesto”da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga intilgan. Zero haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir.
Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g‘oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan.
Foma Akvinskiy haqiqat yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.
Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni bilish aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa faol aqlga qo‘shilish orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan. Birinchi sababdan boshlab to oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud.