Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023


Falsafa fani funksiyalari xilma-xil



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə3/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Falsafa fani funksiyalari xilma-xil. Ular ichida dunyoqarashlilik (ontologiya), olamni bilish (gnoseologiya), qadriyatli ongni shakllantirish, ijtimoiy, amaliyotchilik (praktikologiya), metodologik, insonparvarlik, madaniy-tarbiyaviy funksiyalari individual va ijtimoiy ongga faol ta’sir ko‘rsatib, shu jarayonda u ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy hayot hamda boshqa barcha fanlar va dunyoqarashlar bilan uzviy boglanib ketadi.
Hayot va o‘lim xaqida o‘ylamaydigan va yashashning cheklangani to‘grisida qaygurmaydigan, g‘am-tashvish chekmaydigan odam bo‘lmasa kerak. o‘limning muqarrarligi har bir insonda salbiy xis-tuygularni yuzaga qalqitib, odamning ilik-iliklarigacha bo‘lgan quvvatni ham go‘yo sug‘irib olgandek bo‘ladi. Bu xislardan xoli bo‘lish uchun odam abadiylik to‘grisida qayguradi, abadiylikka doxil bo‘lish yo‘llarini qidiradi. SHu jarayonda aql bilan bilib, tajriba yo‘li bilan sinab bo‘lmaydigan (transsendental) olam borligi, u bilan ruxiy aloqa bog‘lash orqali o‘lim vaximasi, hayot tushkunligi, yashashning ma’nisizligi to‘grisidagi g‘am-andux xislaridan xoli bo‘lishga intiladi, natijada inson ichki olami («Meni») tashqi abadiy olam – kosmik butunlik bilan birlashgandek bo‘ladi. Oqibatda mifologik (afsonaviy), diniy, badiiy, odatiy dunyoqarashlar vujudga kelib, ular orqali odam hayotdan qoniqish, vaximaga tushmaslik xis-tuyg‘ularini o‘zida gavdalantirmoqchi bo‘ladi. Falsafa esa insoniyat to‘plagan barcha ilmlar, tajribalarni umumlashtirib, ayrim-ayrim tarmoqlarga bo‘linib ketgan dunyo xaqidagi tasavvurlarni yig‘ib, ilm-fan dalillariga, insoniyatning abadiylik yo‘lida to‘plagan tarixiy tajribalariga tayangan ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. SHuning uchun ham falsafa fanining moxiyati – «Odam-olam» tizimida yalpi umumiy muammolar xaqidagi fikrlarda namoyon bo‘ladi. Odam necha yil yashashi bilan emas, balki qanday yashaganligi bilan o‘z abadiyligini yarata olishiga falsafa ishontirib, inson o‘z hayotining ma’noli, mazmunli qilishiga yordamlashadi. Ilmiy falsafa odamzodni hayotbaxsh dunyoqarash egasi qilish funksiyasi orqali olam, undagi barcha munosabatlar ijtimoiy taraqqiyotga, inson barkamolligiga xizmat qilishi uchun kurashuvchilar avlodini etishtirishga harakat qiladi. Falsafa olamni bilish metodi orqali fanlarga nisbatan evristik, uygunlashtirish, birlashtiruvchilik, mantiqiy-gnoseologik (bilishga oid) kabi funksiyalarni ham bajaradi. Bu, uning metodologik funksiyasi bo‘lib, barcha fanlarga doir murakkab nazariy va fundamental muammolarni xal etishga yordamlashadi.
Falsafa fanining muammolarini ma’nisiz, deb qarovchi oqimlarning da’volari tanqiddan ham tubandir. CHunki har bir elat, millat oldida muayyan tarixiy davrda paydo bo‘ladigan muammolar, falsafiy taxlil, falsafiy qarashlar yo‘li bilan xal etib kelingan va shunday bo‘lib qolaveradi. Ular ichida odamning umuman olamga munosabati muamosi – dunyoqarash eng muximi hisoblanadi. Moddiy va ruxiy olam o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash, tabiat va jamiyat qonunlari haqiqatan ham mavjudmi, yoki odamzot tartib-qoidaga bo‘lgan chtiyoji tufayli uni o‘ylab topganmi, odam nima va olamdagi, ya’ni umumiy aloqadorliklar ichida uning o‘rni qanday – u yaratuvchimi yoki buzuvchi qudratmi, inson aql-zakovatining tabiati nima, odam o‘zini qurshab olgan olamni va o‘z-o‘zini bila oladimi, xaqiqat va adashish deganda nima anglashiladi, ezgulik va yovuzlik nima, qanday qonuniyatlar va qanday yo‘nalishlar insoniyat tarixini harakatga keltiradi kabi dunyoqarash bilan bog‘lanib ketgan muamolarni anglash, ularni xal etish orqali olamda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lish har bir odamda olamiy fikrlash qobiliyatini vujudga keltiradi.
Tabiat o‘z taraqqiyotining Noosfera – Aql sohasi bosqichiga o‘tganligi munosabati bilan Ona-tabiatni muqarrar halokatdan saqlab qolish muammosi fan-texnika va axborot texnologiyalaridan umumbashariy manfaatlar yo‘lida foydalanish usullarini izlash va topish falsafa fani oldiga yangi katta vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.Ilmiy-texnika inqilobi (ITI) tufayli an’anaviy tafakkur va turmush tarzi inqirozga uchragani, yangi davrga muvofiq keladigan turmush tarzini shakllantirish, insoniyat aql-zakovati va uning mevasi bo‘lgan fan-texnika va texnologiya muvaffaqiyatlarini to‘la-to‘kis oqilona ishlarga burib yuborish muammosi paydo bo‘ldiki, uni falsafiy dunyoqarash negizidagina xal etish mumkin. Umuman falsafa fani oldida turgan barcha muammolarni beshta guruxga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: a) ontologik, b) antropologik, v)aksiologik, g)gnoseologik . Bu muammolarning barchasi dunyoqarashning muayyan tipi bilan bog‘lanib ketadi. Ammo ilm-fan xulosalari, dalillariga tayangan falsafiy dunyoqarash orqali insoniyat milliy va umumbashariy muammolarni qadam-baqadam xal eta olishiga umid bog‘lash har bir kishida ijobiy xis-tuygularni vujudga keltirib, hayotini mazmunli va qadrli etadi.
Xulosa:
a)”falsafa” va “falsafa fani” tushunchalaridagi umumiylik va ayrimlikni anglash bagoyat muxim axamiyatga molikdir;
b)falsafa fanining o‘z tadqiqot soxasi (predmeti) borki, shu orqali u boshqa fanlardan ajrab turadi;
v) falsafiy dunyoqarash ham milliy, ham umumbashariy moxiyatga egadir; g) falsafa fani bir qator funksiyalarni bajaradi va shular orqali ijtimoiy muammolarni xal etish yo‘llarini izlaydi va topadi. Falsafa fani uzoq tarixiy davrlarni bosib o‘tdi.
Olamni ilmiy bilish chtiyoji undan turli fanlar ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Tabiiyotshunoslik va insonshunoslik fanlarining shakllanishiga ilg‘or falsafiy qarashlar qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘z navbatida boshqa fanlar, hatto siyosiy va mafkuraviy qarashlar ham tarixan falsafiy qarashlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqdalar.
Falsafiy fikrlar olam hodisotlari sababli bog‘lanishini izlash, haqiqatni topishga bo‘lgan odamzotdagi kuchli intilish tufayli rivojlanib bordi. Dunyoqarash strukturasida bilish sub’ektlarining tubdan yangicha qarashlarga ega bo‘lishi afsonaviy (mifologik) qarashlar o‘rnini tom ma’noda ilmiy yo‘nalishlar egallay boshladi. Umuman olam va unga odam munosabatlari haqida mifologik va diniy dunyoqarashlar doirasiga sig‘maydigan yangicha g‘oyalar, nuqtai nazarlarning paydo bo‘lishi natijasida tabiiyotshunoslik fanlari, so‘ngra jamiyatshunoslik, insonshunoslik, texnikashunoslik fanlari yuzaga keldiki, bular olam to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar o‘rnini egallay boshladi.Falsafiy bilimlar o‘zining vujudga kelishi va rivojlanish jarayonida tabiiyotshunoslik fanlari bilan qorishib ketdi. Falsafa gorizontal bo‘yicha tabiiyotshunoslik fanlari bilan tutashadi, vertikal bo‘yicha esa ijtimoiy-gumanitar fanlar sirasiga kirib, yo mafkuralashadi, yoki mafkuraning ilmiy yo‘nalish olib, real voqelikka muvofiq kelishiga imkon tug‘diradi. Falsafa bilishning turli sohalaridagi ma’lumotlarni yig‘ib, ularni qayta muhokamada o‘tkazadi. SHu jarayonda olamning yangi umumiy manzarasi to‘g‘risidagi tasavvurlar o‘zgarib boradi. Masalan; «atom», «modda», «narsa» v.b. haqidagi ilmiy ma’lumotlar, energiyaning saqlanish va boshqaga aylanish, butun dunyo tortilish qonunlari kabi tabiiyotshunoslik fanlariga doir tushunchalar falsafa fanining ilmiy salohiyatini oshiradi. SHuni ta’kidlash lozimki, «atom» haqidagi fikr falsafiy qarashlar natijasi bo‘lsa-da, ammo uning mazmun-mohiyati eksperemental tarzda tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan isbotlandi. Erning dumalog‘ligi, o‘z o‘qi atrofida aylanishi to‘g‘risidagi ilmiy-taxminlar ham faylasuflar ijodi edi. Ammo u tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan o‘z isbotini topgach, dunyoqarashda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Bilish voqelikdagi anglangan aniq xissiy va tushunchaviy timsollarni qabul qilib olish, xotirada saqlash, qayta ishlash va sistemalashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Bilimlarning rivoji va ularni sistemaga solish jarayonida ilm-fan paydo bo‘ladi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin