Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023


GLOSSARIY Abstraksiya (lotincha abstractio – mavhumlash) –



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə82/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

GLOSSARIY
Abstraksiya (lotincha abstractio – mavhumlash) – narsa va hodisalarning muhim tomonlarini aniqlash uchun ularning juz’iy tomonlarini xayolan bir chekkaga qo‘yib turish, shu tarzda fikr yuritish. Mavhum tushuncha, mavhumlash yo‘li bilan hosil qilingan nazariy xulosa. Kundalik hayotda «mavhum tushunchasi noaniq, hayotda isbotlanmagan ma’nolarda ishlatiladi.
Agnostitsizm (yunoncha agnostos – bilmaslik, bilib bo‘lmaslik) – real hayotni bilish mumkin emas, degan ta’limot. Agnostitsizm real hayotni bilib mumkin, dunyoda bilish bo‘lmaydigan narsa yo‘q, degan bilish to‘g‘risidagi optimizmga qarama-qarshi ta’limot bo‘lib, inson mohiyatni bila olmaydi, chunki mohiyat cheksiz, deb ko‘rsatadi. Ikkala konsepsiya ham kamchiliklardan xoli emas. Insonning dunyo mohiyatini to‘la, oxirigacha bilishi mumkin emasligi to‘g‘ri, biroq inson bilimlari doimo takomillashib turadi.
Aksiologiya (yunoncha axis - qadriyat, logos - tushuncha, ta’limot) – inson faoliyati, uning yo‘nalishi, umumiy ahamiyati. Inson hayoti haqidagi nazariyalarni o‘rganuvchi falsafiy ta’limot bo‘lib X1X asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan.
Aksiomatik metod – nazariyaning to‘g‘riligi, to‘g‘riligi isbotlangan fikrlardan kelib chiqadi.
Aksioma (yunoncha axioma – isbot, dalil talab qilinmaydigan holat) – isbot talab qilmaydigan, nazariyaning boshlang‘ich holati.
Analogiya (yunoncha analogia - o‘xshashlik, mos kelish) – narsalarning bir necha tomonlari o‘xshashligidan kelib chiqib boshqa tamonlari ham o‘xshash, deb haqida xulosa chiqarish. Narsa yoki xossalarning u yoki bu tomondan o‘xshashligi.
Analitik falsafa – XX asrda paydo bo‘lgan, tilning falsafiy muammolarini o‘rganuvchi falsafa. Bu dastavval Angliyada, A+SH, Kanada, Avstraliyada keng tarqalgan falsafiy oqim.
Antinomiya (yunoncha anti - qarshi, nomos-qonun) – ikki bir-biriga qarama-qarshi holat, har ikkisi ham ma’lum qonunga mos keladi. Masalan, dunyoning boshlanishi bor, dunyo hech qanday boshlanishga ega emas.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin