Falsafa” fanidan o‘quv-uslubiy majmua barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun urganch – 2023


Antropologiya (yunoncha anthropos-inson, odam logos-ta’limot) –



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə83/103
tarix15.10.2023
ölçüsü339,84 Kb.
#130237
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
falsafa majmua 2023 (1)

Antropologiya (yunoncha anthropos-inson, odam logos-ta’limot) – inson to‘g‘risidagi ta’limot.
Antropologik falsafa – keng ma’noda inson tabiati va mohiyati haqidagi falsafiy ta’limot, tor ma’noda XX asr g‘arb falsafasidagi falsafiy oqim.
Aporiya (yunoncha aporia – iloji yo‘q demakdir) – masalani hal qilishdagi engib bo‘lmaydigan ziddiyatlar.
Aprior (lotincha apriori) - o‘tmish tajribasiga asoslanmagan, unga qarama-qarshi turadigan bilim.
Beden maktabi - X1X asrning 60-yillarida Germaniyadagi Beden shahrida tashkil topgan yangi kantchilar ta’limotining alohida tomonlarini rivojlantirgan falsafiy maktab. Bilish natijasiga alohida e’tibor beradi.
Belgi - moddiy predmet yoki belgining hissiy idroki bo‘lib, boshqa predmet yoki belgi to‘g‘risida axborot beradi.
Borliq - (ontologiya)
«Borliq va vaqt»-XX asr nemis faylasufi Xaydegger asari (1927 y).
Borliq dunyosi - ekzsistensialistlar tomonidan kiritilgan atama
(Inson borlig‘i) bo‘lib, uni tushunchalar bilan bilib bo‘lmaydi, balki uning ichki kechinmalari orqali bilish mumkin, deb aytadilar. Bu insonning ichki dunyosini tashkil etadi.
«Borliq va hech nima» – fenomenologik tajriba ontologiyasi. U Sartr asarlarida batafsil bayon etilgan.
Vakuum (lotincha vacuum – bo‘shliq) – ma’lum fizik muhit, fizik maydon bo‘lib, uni fizika o‘rganadi. Bo‘shliq tushunchasi, an’anaviy fikrlash tarzida aytilganidek, unda tabiat yo‘q, degan tushunchaga o‘zgartirish kirtadi.
Vaqt borliqning cheksiz oqimi, o‘tmishdan hozirga va undan kelajakka yo‘naltirilgan jarayon. Hayotning davomiyligi, davriylikning takrorlanishi, orqaga qaytishi, doimiyligi; «orqaga qaytmasligi» - xronologik makon-zamon ko‘lami kabi tushunchalarda ifodalanadi.
Verifikatsiya (lotincha verus - haqiqat facere – boshqarish, ish qilish) – aytilgan fikrning to‘g‘riligini tajribada isbotlash.
Gedonizm (yunoncha hedone - lazzatlanish) – axloqiy ta’limot bo‘lib, bu oqim eng yuksak baxt lazzatlanishdir degan g‘oyani ilgari suradi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin