MAVZU:
FALSAFA TARIXIDA SIVILIZATSIYAGA TURLI YONDASHUVLAR TASNIFI (AL FOROBIY, IBN
XALDUN, N.DANILEVSKIY, O.SHPENGLER, A.TOYNBI)
REJA:
•
1. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari.
•
2. Forobiy, Ibn Xaldun va N.Danilevskiyning
sivilizatsiyaga oid qarashlari.
•
3. O.SHpengler va A.Toynbinilarning sivilizatsiyaga oid
qarashlari.
•
Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan
bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi
Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk
tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar
o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik
davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga
varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar.
•
Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga
taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U
"silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi
so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi
“madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo
bo’lgan.
Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida
qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo
bo’ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar
o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi.
Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-
texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning
ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan.
•
XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler
“Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va
sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi
qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng
yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-
sekin inqirozga yuz o’giradi.
•
Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini
nazarda tutgan. Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan
keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy
hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi,
natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama
kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi.
•
Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi
tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning
yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida
ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg’u
beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi
mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi.
•
Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy
jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning
moddiy-texnik
hamda
ma’naviy
yutuqlarning
majmui.
Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning
ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham
anglatadi.
•
Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi
(Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyat so’zining sinonimi
sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi.Shveytsariyalik tarixchi
J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi
Mirabo (1715-1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik
ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama
madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan.
•
Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-
qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida
“madaniyatning
o’zlashtirish
darajasini”
ilgari
surdi:
yovvoyilik,
varvarlik,
sivilizatsiya.Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va
to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik),
dehqonchilik va sivilizatsiya. Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya
tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz faylasuf
ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb
bilganlar.
•
Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va
XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan
mustahkam o’rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari
shakllana boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida
ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion
taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi.
•
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik
va rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab
olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko
(1668-1744) o’zining “Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari”
deb nomlangan risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona
bo’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari
surgan.
•
Viko fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan
o’tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar
asri”) orqali demokratik respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya
(“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har bir tsikl mazkur jamiyatning
umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl yakunlangach,
rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin yuqoriroq
darajada o’tadi
•
Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari
(Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo’lgan. 1877 yilda amerikalik tarixchi va
etnograf L.Morgan (1818-1881 yy) o’zining “Qadimgi jamiyat” kitobida sivilizatsiya
atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun
qo’llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik,
varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining
har birini, xo’jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va
yuqori bosqichlarga bo’ladi.
•
Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat
qiladi. Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus tabiatshunos
olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan,
faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar “asosi” - diniy, madaniy, siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar)
haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi,
tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga
etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi.
•
Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy) ning fikricha, “sivilizatsiya”
har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani
bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
•
1.ZIYONET.COM
•
2.PHILOSOPHIY.UZ
•
3.KUTUBXONA.COM
Document Outline - Слайд 1, Mavzu:
- Слайд 2, ReJA:
- Слайд 3
- Слайд 4
- Слайд 5
- Слайд 6
- Слайд 7
- Слайд 8
- Слайд 9
- Слайд 10
- Слайд 11
- Слайд 12
- Слайд 13
- Слайд 14
- Слайд 15
- Слайд 16
- Слайд 17
- Слайд 18, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Dostları ilə paylaş: |