Falsafa tarixida sivilizatsiyaga turli yondashuvlar tasnifi al forobiy, ibn xaldun, N. Danilevskiy, O. Shpengler



Yüklə 27,86 Kb.
səhifə2/2
tarix13.06.2022
ölçüsü27,86 Kb.
#116914
1   2
Falsafa tarixida sivilizatsiyaga turli yondashuvlar tasnifi al f

AXBOROT MANBALARI:



  1. www. ziyonet.uz

  2. www.philosophy.ru



Mavzu: FALSAFA TARIXIDA SIVILIZATSIYAGA TURLI YONDASHUVLAR TASNIFI (AL FOROBIY, IBN XALDUN, N.DANILEVSKIY, O.SHPENGLER, A.TOYNBI)

1. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari


2. Forobiy, Ibn Xaldun va N.Danilevskiyning sivilizatsiyaga oid qarashlari
3. O.SHpengler va A.Toynbinilarning sivilizatsiyaga oid qarashlari

Sivilizatsiya so’zi insoniyat tarixidagi sifat chegarasini belgilash bilan bog’liq. Ushbu tushunchaning yuzaga kelishi Ma’rifatparvarlik davridagi Yevropa fani va adabiyotining yutug’idir. Ammo sivilizatsiya haqidagi ilk tushunchalar ancha ilgari yuzaga kelgan. Qadimgi davrlardayoq insonlar o’zlarining dunyolarini o’zgalar dunyosi bilan solishtira boshlashgan. Antik davrda sivilizatsiya so’zi bilan belgilanmasa-da, o’z taraqqiyot darajalariga varvarlikni qarama-qarshi qo’yganlar. Sivilizatsiya so’zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o’zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo’pol, yovvoyi so’ziga qarshi ma’noda qo’llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo’llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o’rtasida farq paydo bo’ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o’rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko’rsatib o’tgan edi. Ko’pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan.


XX asr boshlariga kelib, nemis faylasufi O.Shpengler “Yevropa quyoshining so’nishi” asarida madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ydi. Uning fikricha, sivilizatsiya madaniyatning eng yuqori bosqichi bo’lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz o’giradi. Nemis faylasufi sivilizatsiya deganda texnik- mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutgan. Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya - tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi. Sivilizatsiya kategoriyasining serqirraligi va ko’p serma’noligi tufayli unga aniq ta’rif berish mushkul. “Sivilizatsiya” ning yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo’lib, har bir o’ziga xos ta’rifida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlari, jihatlariga alohida urg’u beriladiki, bu umuman sivilizatsiyaning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatini to’laroq anglab etishga xizmat qiladi.
Sivilizatsiya tushunchasining tarixiy-falsafiy mohiyati – tarixiy jarayonning birligi va ushbu jarayon davomida insoniyatning moddiy-texnik hamda ma’naviy yutuqlarning majmui. Sivilizatsiya umumjahon tarixiy jarayonining ijtimoiylikning ma’lum darajasiga erishish bilan bog’liq bosqichini ham anglatadi. Sivilizatsiyaning yana bir ma’nosi - madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi va b.). Sivilizatsiya madaniyatso’zining sinonimi sifatida, ko’pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qo’llaniladi.Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan.
Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya. Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar. Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi.
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o’zining “Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga ko’ra, barcha xalqlar o’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o’tadi: ibtidoiy varvarlik (“xudolar asri”)dan feodalizm (“qahramonlar asri”) orqali demokratik respublika yoki konstitutsiyaviy monarxiya (“sivilizatsiya asri”) sari harakatlanadi. Har bir tsikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Tsikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin yuqoriroq darajada o’tadi. Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo’lgan. 1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan (1818-1881 yy) o’zining “Qadimgi jamiyat” kitobida sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun qo’llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, xo’jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va yuqori bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat qiladi. Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar “asosi” - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi. Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-1936 yy) ning fikricha, “sivilizatsiya” har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.
Yüklə 27,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin