Falsafa tarixida sivilizatsiyaga turli yondashuvlar tasnifi-fayllar.org
Shveytsariyalik tarixchi J.Starobinskiyning fikricha, sivilizatsiya tushunchasini ilk bor fransuz iqtisodchisi Viktor Riketi Mirabo (1715-1789 yy) o’zining “Qonunlar do’sti” asarida qo’llagan. 1767 yilda u shotlandiyalik ma’rifatparvar Adam Fergyusson (1723-1816) asarida paydo bo’ldi. O’shanda ushbu atama madaniy taraqqiyotning umumiy darajasini anglatgan.

Sivilizatsiya ma’rifatsiz xalqlarga, qorong’u feodalizm davri va o’rta asrlarga qarama-qarshi qo’yilgan. A.Fergyusson ibtidoiy jamiyat tarixini davrlashtirish mezoni sifatida “madaniyatning o’zlashtirish darajasini” ilgari surdi: yovvoyilik, varvarlik, sivilizatsiya. Keyinchalik shved olimi S.Nilson bu davrlashtirishni bir oz to’g’irladi va to’ldirdi: yovvoyilik, nomadizm (yunon. nomados – ko’chib yuruvchi, ko’chmanchilik), dehqonchilik va sivilizatsiya. Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi.
O’z asarlarida tarixning yo’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va rang-baranglikning o’zaro nisbati muammolarini ayniqsa to’la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambatissta Viko (1668-1744) o’zining “Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari” deb nomlangan risolasida jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona bo’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Vikoning g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivojlanishida tsikllilik nazariyalari (Danilyevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo’lgan. 1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan (1818-1881 yy) o’zining “Qadimgi jamiyat” kitobida sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun qo’llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, xo’jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va yuqori bosqichlarga bo’ladi.