Falsafa va dinning o’zaro aloqadorligi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə6/8
tarix03.11.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#118933
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafa va dinning o’zaro aloqadorligi

Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar jamiyatining tabiat bilan uzviy birligi, inson va insoniyat taqdirlarining mushtarakligi, turli-tuman xalqlar madaniyatining xilma-xilligi va birligi haqida ishonch hosil qiladi.
O’rta Osiyo mutafakkirlarining fikricha, barcha insonlarga xos bo’lgan olijanob fazilatlar eng avvalo faylasuflarda o’z aksini topmog’i lozim. Forobiyning fikricha, “faylasufning xulq-atvori, axloqi ham o’z kasbiga loyiq bo’lishi kerak. Shuningdek, o’z xalqining ra’yini va o’z xalqida bo’lgan eng yaxshi urf-odatlarni qattiq tutgan bo’lishi kerak.
Faylasuf bo’lmoqchi bo’lgan odam o’z axloqi va xislatlari bilan aytilgan bu shartlarga javob bera olsa, shundan keyin u falsafa bilimini o’rganishga va uni boshqarishga kirishishi mumkin.
Falsafa tomonidan insonlarda hosil qilinadigan barcha axloqiy fazilatlar ularning o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan intilishlarining ilmiy asosini tashkil etishi lozim. Inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini, eng avvalo, axloqiy me’yorlaridan kelib chiqib baholashi kerak.
Yirik nemis faylasufi I. Kant ta’kidlaganidek, insonning o’z faoliyatida axloqiy qadriyatlarni asosiy mezon qilib olishi, falsafaning qimmatini yanada oshiradi.
Falsafiy dunyoqarash o’zining xilma-xilligi bilan ifodalanadi. Har bir davrda va turli mamlakatlarda u yoki bu muammo falsafaning markazida turadi. Falsafa o’z mavzusining xilma-xilligi bilan turli falsafiy g’oyalarning rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. Bu o’z navbatida, olam haqida rang-barang manzaralarni yaratishga olib kelmoqda. Dunyoni ilmiy-bilish va ilmiy boshqarishda falsafa fanining roli tobora oshib bormoqda.
Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi natijasida fan mavjud olamning eng murakkab sohalariga tobora chuqur kirib bormoqda. Shuning uchun ham xususiy fan vakillari oldida falsafiy dunyoqarashni ijodiy egallash vazifasi ko’ndalang bo’lib turibdi.
Falsafiy dunyoqarashni mukammal egallab olish ijtimoiy fanlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Tabiat taraqqiyot qonunlari inson ongida to’g’ri aks etishi favqulodda murakkab va qiyin jarayon bo’lib, ijtimoiy hodisalarning unda aks etishi esa undan ham qiyindir.
Ijtimoiy hayotdagi murakkab hodisalarni chalkashtirib yubormaslik uchun ijtimoiy fan vakillari falsafiy dunyoqarash bilan qurollanishlari lozim. Har bir olim o’z sohasidagi to’g’ri yo’ldan bormog’i, ilmiy tadqiqotning o’ziga xos yo’li va metodlarini belgilamog’i uchun uning o’z falsafiy dunyoqarashi bo’lishi kerak. Chunki falsafa taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi fan bo’libgina qolmasdan, balki tafakkur taraqqiyoti haqidagi, insonni qurshab turgan bu dunyoni bilish qonunlari haqidagi fan hamdir.
Falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatidangina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Dunyoqarash amaliyot uchun qo’llanmadir. Falsafiy dunyoqarash tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini tushunish uchun yordam beradi. Kishining amaliy faoliyatida tutgan yo’li, uning dunyoqarashi qanday ekanligiga bog’liq.
Dunyoqarash kishilarning amaliy faoliyat yo’nalishini belgilab beradigan qudratli ma’naviy kuchdir. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda jamiyat a’zolari, birinchi navbatda yoshlar qalbini egallash, uning dunyoqarashiga muayyan maqsadlarni ko’zlab tasir etish avj olib bormoqda.
Insoniyat yangi asr bo’sag’asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o’zaro kurashi har qachongidan ham ko’ra shiddatli tus olmoqda.
Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o’rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib qonli to’qnashuvlar, ommaviy qirg’inlarga sabab bo’lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg’u-kulfatlar solmoqda7.
Ana shunday vaziyatda aholini, birinchi navbatda yosh avlodni kamol toptirish, ularning dunyoqarashini rivojlantirish, qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z
Vataniga mehr-sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. “Bizni,- deydi Sh.M. Mirziyoyev, - hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin”8. Shunday ekan, biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosini, zamonaviy dunyoqarashi, ma’naviy kamoloti uchun doimo qayg’urishimiz, kurashmog’imiz zarur.
Inson o’z amaliy faoliyati va ilmiy bilish jarayonida falsafa fanining rangbarangligini, barcha tomon va xususiyatlarini hisobga olishi, ularni aniqlashi va anglashi lozim. Tabiat va ijtimoiy fanlarning eng keyingi yutuqlari mavjud, olamdagi o’zaro aloqalar, ular asosida yotuvchi qonunlar va juda murakkab va ko’p qirrali ekanligi, shuningdek, bu jarayonlar to’g’risidagi bilimlarimiz nisbiy o’zgaruvchan ekanligidan dalolat bermoqda. Moddiy olamdagi bu umumiy aloqa va qonuniyatlarning murakkab shakllari falsafaning qoidalarida mumkin qadar to’la va chuqurroq aks etishini hisobga olish lozim. Bu ilmiy bilishning yagona, to’g’ri va zaruriy shartidir.
Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan aqida emas, balki doimiy ravishda o’zgarib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda bo’ladigan o’zgarishlar tufayli, birinchi navbatda, tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlardagi kashfiyotlar, ijtimoiy hayotda to’xtovsiz ravishda ro’y berib turadigan muhim o’zgarishlar natijasida kishilarning mavjud olam haqidagi ilmiy bilim va tasavvurlar, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi, boyiydi va chuqurlashadi. Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi tufayli inson bilimlari doirasining behad kengayib, mazmuni chuqurlashib va murakkablashib borayotganligi bunga yaqqol misoldir.
Falsafiy dunyoqarashning to’g’ri va ilmiyligini insoniyatning butun amaliy tajribasi, moddiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyati ochiq-oydin ko’rsatib va isbotlab turibdi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin