Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


-mavzu. Jamiyat va Inson falsafasi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə57/89
tarix04.11.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#131187
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

12-mavzu. Jamiyat va Inson falsafasi.


Reja:
1.Jamiyat to`g`risidagi nazariyalar
2.Inson shaxs va individ tushunchalari
3.Insonning jamiyatdagi o`rni


Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo`lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Јuyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o`tgan hamma davri, joy va xududi bilan bog`liq barcha o`zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat xududidagi odamlar hayoti, sivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo`llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo`lib, ayrim odam va aloxida shaxs jamiyat a’zosi deb ataladi.
Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo`lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o`rtasida amal qiladigan juda ko`plab munosabatlar yiKindisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish extiyoji paydo bo`ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.
Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko`proqe’tibor berilar. Хolbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog`liq. Хuddi inson tanasini uning ruxidan ajratib bo`lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jixatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo`yish mantiqka ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg`unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini yo`qsaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma’naviyatini yo`qsaltirishga, milliy G`oya va mafko`ra asoslarini shakllantirishga katta e’tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jixatdan kashshok bo`lgani uchun ilmsiz bo`lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo`lgani uchun kashshok bo`ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yo`qsaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga katta e’tibor berilyapti.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin