Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə58/89
tarix04.11.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#131187
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo`lib, jamoa bo`lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanok ulug` mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni iloxiy kuch, xudo bilan bog`lab izohlashdir.
Dunyoviy qarashlarga ko`ra, odamlar o`zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini kondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo`lib birlashishga kunikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo`lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o`zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy extiyojlarini kondirish imkonini bergan.
Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o`rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafko`raviy kabi munosabatlarning barchasi bir so`z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti xisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, maxalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o`z mohiyatini yo`qotadi.
Insonning moddiy extiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o`zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy extiyojlarga olamni bilish, o`zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, G`oya, mafko`ra go`zallik bilan, ma’naviy kamolot yo`lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda kondirilishida yaqqol namoyon bo`ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy extiyojlarini madaniy shakllarda kondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg`unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o`z maqsadlariga mos ravishda o`zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy extiyojlarini kondirish kuroli, muxim vosita bo`lib xizmat qiladi. Inson yo`qsak ma’naviyat tufayligina o`z extiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va tularok qoldirish imkoniga ega bo`ladi.
Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga aloxida e’tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari bilan uzviy bog`liq holda vujudga keldi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin