Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə62/89
tarix04.11.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#131187
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Inson tarixning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi o`zluksizlikni ta’minlaydi. U o`z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta ko`radi va takomillashtiradi. Inson o`z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo`ladi, o`z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bo`lib xizmat qiladi.
Тabiat va jamiyatdagi o`rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini ta’minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi va targ`ib etishi kabi xususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat xisoblanadi.
Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo`lishi va rivojlanishini rux bilan bog`laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo`lgan biror-bir xususiyatga aloxida urKu bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jixatlarga ko`proqe’tibor bergan va uni ezgulikni yovo`zlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta’riflagan. Vladimir Solovev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga siKinish kabi xususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o`zining tuban mayllari va gunoxlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga siKinish insongagina xos.
Inson tabiati — G`oyat murakkab. Unda xayvoniy va iloxiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — xayvon ham, farishta ham emas. Insoniy rux va ma’naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga kotaradi.
Insonni o`rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi.
Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o`rnini, o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini tularok ochish uchun «men», «ong», «shaxs», «rux» tushunchalari qo`llanadi. «Men» — insonning o`zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o`zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona vokelik bo`lib tuyo`ladi. Shaxs insonning mustaqilligini ifoda etadi.
Inson o`z hayoti davomida tana va rux extiyojlarini kondirishga intiladi. Тana extiyojlarini kondirish inson borliqining birlamchi sharti xisoblanadi. Birok hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan baxramand bo`lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo`yishdan iborat emas. Inson ruxi ham o`ziga xos oziqka extiyoj sezadi. Shu bois unda ma’rifatparvarlik, odamiylik, odillik, raxm-shafkat, diyonat, vijdon, oliximmatlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Yo`qsak ma’naviyat insonni ruxan poklaydi, iymon-e`tiqodini mustaxkamlaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar insonni ma’naviy-ruxiy jixatdan kamol toptirishga qaratilgandir.
Insonning ma’naviy extiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat iloxiy mavjudot sifatida qarash ham biryoklamalikka olib kelishi, yetilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to`g`ri tushunishga xalakit berishi mumkin.
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy G`oya va milliy mafko`ra insonga biryoklama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma’naviylikni uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo`lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo`lishga rag`batlantiradi. Yo`qsak ma’naviyatgina inson extiyojlarini oqilona kondirishga, ijtimoiy adolat o`rnatib, saxiy va oliximmat bo`lishga undaydi.
Antropologiya insonning ma’naviy olamiga chuqurrok kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan G`oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta’rifiga ko`ra, ma’naviyat (rux) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e`tiqodini mustaxkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yo`qsak ma’naviyatda xaqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida o`z aksini topadi. Insonga xos bo`lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda to`tgan o`rnida, uning o`z moddiy va ma’naviy extiyojlarini kondirishida, muayyan mafko`rani amalga oshirishida yaqqol ko`rinadi.
Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, G`oya va mafko`ra muxim o`rin tutadi. Bozor munosabatlariga o`tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga yetkazishni taqozo etdi. Unga xos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan.
Bozor iqtisodiyoti inson extiyojlarini tularok kondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bo`lar quyidagilardir:
- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o`zgarganligi;
- mehnatga yangicha munosabatni rag`batlantirishga yordam beruvchi omillar;
- o`z qobiliyati, kizikishlariga mos bo`lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi;
- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qullab-kuvvatlanishi;
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi;
- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi;
- davlat va jamoat ishlarida katnashish imkoniyatlarining yaratilganligi;
- demokratik qadriyatlar rivoji;
- ma’naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.
Ular shaxsning moddiy va ma’naviy extiyojlarini kondirishda, uning komil inson sifatida rivojlanishida muxim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha isloxotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro`yobga chiqishini ta’minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs isloxot natijalaridan baxramand bo`luvchigina emas, balki ularni sobitkadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish jarayonida o`zgaradi, yo`qsaladi, qadr-kimmat topadi va e’zozlanadi.
Insonning jamiyatidagi o`rni, qadr-kimmati borasida milliy istiqlol o`z oldiga kuydagilarni maqsad va vazifa qilib kuyadi:
- insonning qadr-kimmatini joyiga qo`yish;
- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish;
- insonning o`zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog`lom avlodlar o`zluksizligini ta’minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e`tiqodi butun bo`lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.
Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalakit beradigan nuksonlar ham inson tabiati bilan bog`liqdir. Hozirga qadar inson to`g`risidagi falsafiy ta’limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy xususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko`proqe’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borliqining salbiy jixatlari ham tahlil qilina boshlandi.
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurrok o`rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga extiyoj vujudga keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, ko`proqG`arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo`lida xatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muxim ahamiyatga ega bo`lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga tuskinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muxitni bo`zadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo`lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko`rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyoxvand, poraxur, terrorchi va shuxratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odamlardir.
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish muximdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o`z oldiga maqsad qilib kuyar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga aloxida e’tibor beradi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin