Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


O`zbekistonnning dunyo sivilizatsiyasiga qo`shiluvining asosiy yo`nalishlari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə86/89
tarix04.11.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#131187
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

O`zbekistonnning dunyo sivilizatsiyasiga qo`shiluvining asosiy yo`nalishlari, mamlakatimiz istiqloli va o`ziga xos tadrijiy taraqqiyot yo`lining nazariyasi va amaliyoti I.A. Karimovning «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li», «O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy yo`nalishlari», «O`zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo`lida», «O`zbekiston XXI asr busaKasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O`zbekiston XXI asrga intilmokda» kabi asarlari, nutk va maqolalarida keng yoritilgan. Bu konsepsiyaning mohiyati nimadan iborat?
O`zbekistonning milliy jixatdan mustaqil bo`lishi ob’ektiv zaruriy jarayon, ajdodlarimizning azaliy orzusi, o`zbek xalqining buyuk tarixiy yutuqidir. Bunda quyidagilar aloxida e’tiborga molik:
- O`zbekiston Konstitutsiyasining kabo`l qilinishi;
- milliy mustaqillik ramzlari bo`lgan davlat bayroKi, davlat madxiyasi, davlat gerbining kabo`l qilinishi;
- milliy davlatchilik demokratik tizimining shakllanganligi;
- xalqimiz tabiat ato etgan barcha boyliklarga egalik huquqini o`z quliga olganligi;
- milliy armiya va xavfsizlik tizimi yaratilganligi;
- milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish.
O`zbekiston mustaqilligini mustaxkamlash, jamiyat hayotini tubdan islox etishning asosiy tamoyillari Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Bu jarayonning umuminsoniy jixatlari va jahon sivilizatsiyasiga xos tomonlarining amalga oshishi muayyan muddatni talab qiladi. Bu muddatda amalga oshiriladigan barcha ishlar o`tish davri zaruratidan kelib chiqadi.
Mustabid tuzum davrida jahon sivilizatsiyasidan ajratib quyilgan O`zbekiston bu borada ikkita uzviy yo`nalishda faoliyat yuritishga majbur bo`lmoqda. Birinchidan, mustaqillikni mustaxkamlash, milliy qadriyatlarni tiklash va asrab-avaylash asosida o`ziga xos va o`ziga mos yo`ldan borish. Ikkinchidan esa, bu jarayonda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan keng foydalanish, demokratik jamiyat kurish vazifalarini amalga oshirmokda.
Bir qarashda ikki xil yo`lga uxshab ko`ringan bu taraqqiyot usuli, aslida umumiy jarayonning uzviy bog`liq ikki jixati, bir-birini taqozo etadigan tomonlarning dialektikasidir. O`zbekistonning I.A. Karimov tomonidan asoslab berilgan o`ziga xos taraqqiyot yo`li quyidagi tamoyillarni nazarda tutadi:
1) iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
2) davlatning bosh isloxotchi ekanligi;
3) qonun ustuvorligi;
4) kuchli ijtimoiy siyosat;
5) bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tish.
O`zbekistonning tadrijiy taraqqiyot yo`li ayrim davlatlarning bozor munosabatlariga «shok terapiya»si usuli bilan o`tish tajribasidan keskin farqlanadi. O`zbekistonning mustabidlikdan kuto`lgan dastlabki davrdagi o`ziga xos iqtisodiy axvoli, sobik Ittifok davrida o`lkaning xom-ashyo yetkazib berishga ixtisoslashishi kabi og`ir meros bilan birga xalqning ming yillik tajribasi, undan kelib chiqadigan xulosalar bozor munosabatlariga tadrijiy ravishda bosqichma-bosqich o`tishni taqozo etdi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin