Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


Iqtisodiy isloxotlar va sivilizatsiyalashgan bozor



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə87/89
tarix04.11.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#131187
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Iqtisodiy isloxotlar va sivilizatsiyalashgan bozor. O`zok yillar davomida shakllangan iqtisodiy strukturada tub o`zgarishlarni zudlik bilan kiska vaqt ichida amalga oshirishning salbiy oqibatlari oldini olishga va puxta uylangan strategik rejalarni amalga oshirishga aloxida e’tibor berildi. Isloxotlarning amalga oshirilishi milliy manfaatlar uchun xizmat qilishi zarurligi, odamlar isloxotlar uchun emas, balki isloxotlar odamlar uchun xizmat qilishi zarurligi e’tiborga olindi.
Isloxotlar amalga oshirilgunga qadar respublika aholisining aksariyat qismi iqtisodiy jixatdan nochor axvolda bo`lib, mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi jarayonida aholining ikki toifaga ajralishi, xaddan tashqari boyib va kashshoklashib ketishi muqarrar ravishda turli noroziliklar va ijtimoiy larzalarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Ana shularni xisobga olib, I.A. Karimov bozor munosabatlariga o`tishning muxim xususiyatlaridan biri sifatida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli siyosat G`oyasini ilgari surdi.
Bozor munosabatlarini amalga oshirish bir necha bosqichdan iborat qilib belgilandi. Har bir bosqichda ma’lum iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi. Bo`lar kuydagilardir:
- mulkni xususiylashtirish;
- mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi;
- mulkning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish;
- agrar isloxotlarni amalga oshirish;
- milliy valyutani muomalaga kiritish;
- yangi iqtisodiy infrastrukturaning yaratilishi;
- rivojlangan mamlaqatlar bilan hamkorlikdagi qo`shma korxonalarning barpo etilishi;
- innovatsiya siyosatini amalga oshirish;
- xorijiy investitsiya, texnika va texnologiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish va boshqalar.
Хullas, bozor munosabatlariga o`tishning madaniy sivilizatsiyali harakterga ega ekanligi O`zbekiston mustaqilligini mustaxkamlashning muxim xususiyatidir. Chinakam sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari, bozor vositalari faqat yo`qsak ma’naviyat, yo`qsak axloqiylik va vatanparvarlik negizlarida barpo etilishi mumkin. Iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish va bozor munosabatlarini shakllantirishda respublikamizning bugungi holati, imkoniyatlaridan kelib chiqib, isloxotlarning maqsadi xalq va davlat munosabatlari tomon yo`naltirildi.
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishiga imkon beradigan qulay shart-sharoitlari quyidagilardir:
- mamlakatning nixoyatda ko`p boyliklarga ega ekanligi;
- sanoat uchun zarur bo`lgan xom ashyo zaxiralarining ko`pligi;
- ishchi kuchlarining mulligi;
- O`zbekistonning tabiiy — juKrofiy qulay o`rni;
- mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik;
Ana shu imkoniyatlarning ro`yobga chiqishi O`zbekistonning iqtisodiyot soxasida jahon sivilizatsiyasiga qo`shilib borishi uchun keng istiqbollar yaratadi.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar negizida kishilarning mehnatga, mulkka, mehnat maxsuliga bo`lgan munosabatini o`zgartirish G`oyasi yotadi. O`zok yillar davomida mehnatga bo`lgan qarashlarda biryoklamalik xukm surib keldi. Ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan ijtimoiy mulkchilik — kishilar mehnat faolligining asosi barcha ijtimoiy illatlarning bosh sababchisi — xususiy mulkchilik degan noto`g`ri qarash o`zini oklamadi. Shaxsiy manfaatdorlikni inkor etish, jamoa, jamiyat uchungina faol mehnat qilish, iqtisodiyotni mafko`raviy maqsadlarga buysundirish; mehnat rakobati o`rniga soxta musobakani joriy etish insonning mehnatdan, o`z-o`zidan va jamiyatdan begonalashuviga, boqimandalik kayfiyatining shakllanishiga olib keldi. Bu esa jamiyat inqirozini tezlashtirdi.
O`zbekiston sharoitida bozor munosabatlarini shakllantirishda mehnatga, mulkka va insonning o`z-o`ziga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirishning nazariy-falsafiy asoslarini ishlab chiqish zarurati vujudga keldi va bu I.A. Karimov asarlarida o`z ifodasini topdi. Mehnat va mehnatga munosabat soxasida qator yangiliklar joriy etildi. Mehnatga munosabatda xususiy mulkning o`rni, mulkdorning jamiyat hayotidagi ahamiyati yangicha tushunila boshlandi. Davlat va jamiyatning kuch-qudrati fukarolarning tadbirkorligi, boyligi, ishbilarmonligiga bog`liq ekani anglab olindi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin