Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


-mavzu. Siyosat va huquq falsafasi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə76/89
tarix04.11.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#131187
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

15-mavzu. Siyosat va huquq falsafasi


Reja:
1. Siyosat va huquq.
2. Siyosiy va huquqiy qarashlar.
3. O’zbekiston Konstitusiyasi va umuminsoniy demokratik
qadriyatlar ustuvorligini ta'minlash.
Siyosat falsafasining ma'no-mohiyati, mazmunini falsafasining ob'ektini
bilib olish uchun. avvalo moxiyati, siyosatning asosiy elementlarini bilish zarur. Siyosat insoniyat jamiyatining muhim sohasi bo'lib. u ko'pgina murakkab xodisalar, institutlar, munosabatlar. davlat, huquq,. partiyalar, saylov jarayonlari, qarorlar qabul qilish mexanizmlari. uning tuzilmaviy va tizimiy qismlari majmuini o'z ichiga oladi.
Jamiyatning siyosiy xayoti politologiya, siyosiy sotsiologiya kabi bir qancha fanlar qatori falsafa fani tomonidan ham o'rganiladi. Faqat falsafada boshqa fanlardan farqi ravishda siyosiy hodisalar va munosabatlar o'zaro uzviy alotsadorlik va bog'liqlikda yaxlit, bir butun tizim xolida o'rganiladi.
Falsafaning bahs mavzusini tashkil etuvchi bu soxasi siyosat falsafasi deb ataladi.
Siyosiy falsafani siyosatning mohiyatini va unga xos xususiyatlarini o'zaro muloqot tizimlarini, siyosiy institutlar mexanizmlari va elementlarini hisobga olmasdan tushunish qiyin. Chunki ular muayyan darajada ijtimoiy-siyosiy ong, ijtimoiy-madaniy va siyosiy xayot soxalari bilan bog'liq. bo'libgina qolmasdan, siyosat bilan ham uzviy bog'liq, bo'lib, jamiyatdagi dunyoqarash, mafkura. turli xil falsafiy)'-siyosiy ta'limotlar siyosatning sub'ektiv to'zilmalaridir.
Siyosiy voqelik dinamik o'zgaruvchanlik jixatiga ega bo'lganligi uchun ham doimo u to’g`ridagi qarashlarga baho berish mezonlari, yondashuv uslublari ham doimo o'zgarib turadi. Siyosatga nazariy va sotsial falsafiy jixatdan yondashganda. u siyosiy ta'limotlar tarixi va an'analarni siyosiy tizim va g'oyaviy-siyosiy paradigmalarni va oqimlarni ham qamrab oladi.
Jamiyat siyosiy xayotining tarkibiy qismi bo'lgan siyosiy qarashlar va ta'limotlami falsafasi tarixi falsafiy taxlil qilish an'analari ibtidosi antik davrga borib taqaladi. "Avesto" va "Veda"larda, "Tav-rot" va "Injilda, bu falsafaning ildizlari bor. Bu xodisa faqat ijtimoiy fikrning qandaydir sof, real xayotdan ajralgan ko'rinishi sifatida emas, balki davlatning mohiyati va davlat hokimiyatining tabiatini mafko'raviy tavsiflash zaruriyatiga javob tarzida ro'y bergan. Aflotun, Aristotel, Sitseron singari mutafakkirlarning asarlarida "siyosat", "ozodlik", "adolat", "tenglik ", "davlat ", "hokimiyat "kabi tushunchalar zaminida antik davr ijtimoiy turmushiga xos siyosiy munosabatlardagi sabab-oqibatli bog'lanishtar bayon qilib berilganligi fikrimizningdalilidir.
O'rta asrlarga kelib Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Moturidiy ijodida siyosat falsafasi adolatli jamiyat barpo etish to'g'risidagi yangi qarashlar bilan boyitildi. uyg'onish va yangi davrga kelib N.Makiavellining davlat xokimiyati, T. Gobbs. J. Lokk va B. Spinozalarning tabiiy huquq. nazariyasi, J. Lokk va Sh. Monteskening xokimiyatning bo'linishi, fuqarolik


jamiyati va huquqiy davlat to'g'risidagi ta'limotlari paydo bo'ldi. Siyosiy) mafko'rada esa liberalizm (Sh. Monteske), konservatizm (E. Berk), totalitarizm (J.J. Russo) kabi oqimlar kelib chiqdi.
Nemis mumtoz falsafasi namoyandalari huquq va davlatning axloqiy mezonlarini (I. Kant), huquq. falsafasi tamoyillarini (G. Gegel) tadqiq etdilar. Marksistik falsafada proletarcha siyosiy qarashlarning mutloqlashtirilishi, jamiyat hayotining barcha soxalari mazmuniga kommunistik siyosat "ko'zoynagi" bilan qarash tushunchasi shakllantirildi.
Hozirgi zamon siyosiy fanlarining. jumladan siyosat falsafasining rivojlanish bosqichlarini ham uch bosqichda o'rganish an'anasi mavjud. Unga ko'ra, XIX asrning oxiridan XX asrning 40-yillari oxirigacha bo'lgan davr hozirgi zamon siyosiy fanlarining (siyosat falsafasining ham) qarorlar topish davridir.
[kkinchi bosqich XX asrning 40-yillari oxiridan 70-yillar-ning ikkinchi yarmigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davr siyosiy xayot soxasini o'rganishning faollashi davridir. Uchinchi bosqich XX asrning 70-yillari o'rtalaridan hozirgi davrgacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. Bu davr siyosiy fanlarning rivojida yangi krida-larni. paradigmalarni tashkil ctish, izlash va kashf etish bilan bog-lik.. Siyosiy fanlar rivojini bosqichlarga ajratib qarash an'-anasiga kushilish bilan birga shuni ta'kidlash kerakki, xar bir bosqich kun tartibida to'rgan masalalardagi o'zgarishlar. yondashuv-larning o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan, birinchi bosqichda asosiy e'tibor siyosiy xrkimiyat va uning sotsial asoslari bilan bog'liq. muammolarni o'rganishga aloxida e'tibor karatil-gan bo'lsa, ikkinchi bosqichda siyosiy xayotni liberallashtirish, demokratiya. davlatning sotsial siyosatiga qarab burilish davri bo'lganligini ko'ramiz. Bu bosqichda demokratiyaning yangi nazariyasi (I.Shumpeter), demokratiyaning plyuralistik nazariyasi yaratilganini misol keltirish mumkin. Uchinchi bosqichda esa ko'prok. G'arb jamiyatlari rivojlanish modellariga tug'ri keladigan konsepsiya-larni yaratilganligini ko'ramiz. Masalan, yagona jax.on davlatlari to'g'risidagi konsepsiya (U. Klark. P. Son): postindustrial jamiyat konsepsiyasi (A. Bell, R. Aron, Dj. Gelbreyd, 3. Bjezinskiy); ax-borot jamiyati to'g'risidagi konsepsiya (O. Toffler, Dj. Neysbit); milliy manfaatlar konsepsiyasi (G. Morgentau); unitar demokratiya nazariyasi va hokimiyatga erishishning zurlikka asoslangan konsepsiyalari yaratilgan.
Siyosat falsafasini o'rganishda bu konsepsiyalarning o'ziga xos urni bor. Uni mamlakatimizda mustakillikkacha bo'lgan. xususan. mustabid to'zum davri siyosiy voqeligida amal qilgan yagona siyosiy mafko'ra va sobik, sovet totalitar jamiyat voqeligiga nisbatan kiyosiy o'rganganda, bu siyosiy voqelikning moxiyatini bilishga yordam be-radi. Siyosiy fanlarning tadrijiy rivojlanishida va O'zbekiston-da demokratik jamiyat ko'rilishini hisobga olib, mustaqillik dav-rini, ya'ni XX asrning 90-yillaridan hozirgacha bo'lgan davrni aloxida bosqich sifatida kursatish mak.sadga muvofiq. O'zbekiston-ning mustaqillikni qo'Iga kiritishi bilan mamlakat hayotida yangi davr boshlandi. Siyosiy fanlar siyosat falsafasi soxasida ham yangicha qarash va nazariyalarning o'ziga xos bosqichi bo'lganligini qo'rish mumkin. Bu davrda O'zbekistohda "mustakillik", "demokratiya", "er-kinlik", "tenglik". "siyosiy axloq," "siyosiy mafko'ra". "davlat va xrkimiyat masalalari", "siyosiy institutlar vajarayonlar", "siyosiy ta'limotlar tarixi va nazariyasi", "siyosiy madaniyat", "xalqaro siyosat" masalalari nafaqat "potitologiya". balki "siyosat falsafasi" nuqtai nazaridan ham o'rganila boshlandi. Bu demokratik jamiyat kurish yulini tanlagan O'zbekistan uchun yangi siyosiy voqe-likdir. Sobik. kommunistik totaliiarizm uchun xos bo'Igan xususi-yatlarga takkrslash orkdli bu yangiiikning ahamiyati va kadrini
chukur anglash mumkin. Usha davrda ijtimoiy xayotning barcha (mod-diy, ijtimoiy. ma'naviy, axborot) soxalari ustidan tula nazo-rat, davlat mulki yakkaxrkimligi. buyruk.bilan markazlashtirilgan rejalashtirish, qonunsizlik. o'zgacha fikrlashga
nisbatan toqatsizlikni avj oldirgan zuravonlik va ommaviy qatag'on mexanizmiga tayanuvchi partiya-davlai apparati yuqori qatlami diktaturasi (L.Levitin) bo'lganligini ko'ramiz.
Kommunistik rejimning yana bir farqli xususiyati — milenarizmdir (xiliazm). Lotincha va yunoncha bu so'zlar "rning yillik" degan ma'noni bildiradi. Mazmunan esa ular ilk xristianlarning tula farovonlik va yalpi baxt-saodat tantana kiladigan ming yil-likning kelishiga, ideal jamiyat yaratilishiga ishonchini anglata-di. Marksizmni o'ziga mafko'raviy quroi kilib olgan bolshevizm uni dogmalashtirib va vulgarlashtirib, ijtimoiy adolat, erkin-lik va tenglik kridalarini ifodalovchi ideal ijtimoiy to'zumga bo'Igan ishonchni "ilmiy asos" sifatida kommunistik totalitarizm xizmatiga yunaltirdi. Bu utopik roya muntazam ravishda faol-lik bilan olib borilgan targibot va tashvikrt orqali ommaga singdirildi, natijada puch gaplar, shiorlar va bir qolipdagi ibo-ralar yordamida axtii batamom ma'naviy karaxtlik xolatiga tushib
qoldi.
Mustabid to'zum olib borgan siyosatning mox.iyatini bilishda siyosat falsafasini o'rganish yak.indan yordain beradi. U amalga oshir-mok.chi bo'Igan ijtimoiy-siyosiy to'zum va undan ko'zlangan mak.sad-larning okibati bugun mustaqillik tufayli xdmmaga ayon bo'lmokda. Mamlakatda amalga oshirilgan "industriallashtirish" va "kollek-tivlashtirish", "o'rtaxrl dcx,k.onlarga k.arshi yalpi urush", paxta ekspansiyasi. milliy madaniyatga k,ilingan zurumlar bu siyosatning falsafiy ma'no va maksadini kursatadi. Lining asosida yagona kommunistik foh va mafko'ra yotganligini, u milliylik, milliy-ma'naviy qadriyatlar, fikrlar va g'oyalar xilma-xilligi, erkinlik va tenglik g'oyalarini soxtalashtirganining guvohimiz. XX asr siyosat falsafasida anarxizmning siyosiy g'oyalari (M. Bakunin, P. Kropotkin) va ayniqsa, geosiyosiy konsepsiyalar (K. Xausxofer, X. Mak-
Xozirgi davrga kelib jamiyatning siyosiy xayoti bir kator yangi xususiyatlarga ega bo'lib bormokda. Demokratik jarayonlarning ku-chayishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorlashayotganligi, davlat boshqaruviningtakomillashayotganligi. axoli siyosiy faolligining ortib borayotganligi kabilar shular jumlasidandir. Ayni paytda siyosiy hayot o'zaro ko'rashning avj olayotganligi, mafko'raviy jara­yonlarning globallashayotganligi kabi jixatlarga ham ega bo'lib bormoqda. Binobarin, siyosat falsafasi oldida jamiyatning siyosiy xayoti taraqqiyotiga xos bo'Igan o'ziga xos va umumiy tendensiyalarni hozirgi zamon siyosiy voqeligi mazmun-mohiyati nuqtai nazaridan o'rganish vazifasi turibdi. Bu vazifa nafaqat nazariy, balki katta amaliy ahamiyatga ham egadir. Binobarin, davlat va jamiyatning bugungi takdiri bilan birga kelajak muammolari ham siyosat falsafasida o'z yechimini topadi.
Siyosat falsafasining markaziy mavzui insonning siyosiy ongi. siyosiy
faoliyati, bufalsafasining faoliyatningxilma-xil masalalari majmui-asosiy mavzu nafakat siyosiy va iqtisodiy.
ayni paytda ma'naviy, axloqiy mavjudotdir. Boshqacha so'z bilan aytganda. inson siyosatning sub'ekti, siyosat esa bir-birlari bilan o'zaro munosabatda bo'lgan insonlar faoliyatining amaliy ifo-dasidir. Demak. insonlar qanday bo'lsa, siyosat hamshunday bo'ladi. Siyosatshunoslik insonga e'tiborni qaratib, falsafa. axloq,shn-noslik, madaniyatshunoslik va boshqa fanlar soxalariga kirsa, bu fanlarning o'zi ham. o'z navbalida. siyosatshunoslik soxalari bilan mushtarakdir. Ana shu ikki soxaning bir-biri bilan o'zviy bog'liqligi va tutashligi siyosat falsafasi va u bilan hog'lik. bo'lgan siyosiy fanlar va ma'naviy xayot soxalari: siyosiy antropologiya, siyosiy psixologiya. siyosiy axloq.shunoslikning alokasiga asoslanadi. Siyosat falsafasi muayyan siyosiy nazariyalar. u yoki bu siyosiy g'oyalar bilan o'zviy bog'liqdir. Siyosiy xodisalarning ma'no-moxiyatini siyosiy g'oyalar va flkrlardan ajralgan xolda tushunish mumkin emas. Chunki muayyan fikr va faoliyat o'ziga xos siyosiy ma'noga ham, maksadga x,am ega bo'ladi. Siyosiy fikr turli xil shakllarga, kuri-nishlarga cga bo'lib. u ijtimoiy x.ayotda muayyan siyosiy g'oyalar va nazariyalar orkali o'z ifodasini topadi. Shuning uchun «g'oya» tu-shunchasi qaimgi davrdan falsafada mux.im urin lutib kelgan. Siyosiy g'oyalar orqali turli xil maqsadlar va manfaatlar ifodalan-gan. Siyosiy nazariya ana shu g'oyalarning majmui sifatida namoyon bo'ladi. Nazariya muayyan bilimlar, k,arashlarning turli xil ele-ment!arini ham o'z ichiga oladi. Shu sababdan ham turli xil siyosiy nazariyalar, masalan, siyosatning to'zilmaviy funksional tashish nazariyasi, siyosiy va partiyaviy tizimlarni tiplarga bo'lish. demokratiya, totalitarizm va avtoritarizm nazariyalari va boshk.alar paydo bo'lgan.
Siyosat falsafasining tadqiqrt predmeti, siyosiy g'oyaning ma'-no-moAiyatini tushunishga, daviat, umuman xokimiyat g'oyasini ang-lash tamoyiliga tayanadi. Siyosat falsafasi siyosiy voqelikni bi-lish nazariyasi, siyosat to'g'risidagi ta'limotlar sifatida namoyon bo'ladi. Bir tomondan, u siyosatning ma'naviy va dunyoqarash jihatlarini o'rganuvchi fan sifatida o'zida siyosiy ontologiya, aksiologiya, epistemologiya masalalarini qamrab oladi. Ikkinchidan, u insonlarning ma'naviy faoliyat sohasi sifatida ularning dunyoqarashi, siyosatning asosiy qadriyatlari va normalarini shakllantiradi, siyosiy g'oya, daviat va xrkimiyat tugfisidagi g'oyalar sifatida shakllanib hamda rivojlanib boradi.
Siyosat falsafasida bir vaqtning o'zida ham falsafa, ham siyosat bilan bog'lik, o'zaro tutash nuqtalar mavjud. Ya'ni bir tomondan. siyosat falsafasi umumfalsafaning bir qismidir. Shu bilan birga u mustaqil fan sohasi sifatida falsafa doirasidan chiqadi. Ikkinchi tomondan, siyosiy fanlar bilan o'zviy bog'liq. holda u siyosiy fanlar tarkibiga ham kiradi. Shu nuqtai nazardan yondashganda uning rivoji va tarakdiyoti falsafa hamda siyosiy fanlarning jamiyatdagi urni, holati bilan o'zviy bog'likdir. Siyosat falsafasining ma'no va moAiyatini ochish uchun falsafaning ma'no va mohiyatini bilish, hisobga olish muhim. Falsafa dunyoqarash va haqiqatni bilish g'risidagi fan sifatida borliqning, hayot va inson faoliyatining ma'no-mohiyatiga yetishni maqsad qilib quyadi. Shu ma'noda, siyosat falsafasi siyosiy fanlar va falsafa rtasidagi tutash nuqtalar bilan shug'ullanadi siyosatning ko'p qirraliligi va murakkabligini hisobga oladi. U asosiy e'tiborni siyosiy voqeya va hodisalarning tabiatiga, ularning mavjudligini ifodalovchi mohiyatga e'tibomi jalb etadi. Shuning
uchun ham, davlal va hokimiyatning moxiyati, ularning o'mi va maqsadlari, inson rabiatiga, manfaatiga munosabati to'g'risidagi masalalar siyosat falsafasining diqatiga markazida turadi. Masalan, davlat va hokimiyatni sotsial fenomen, jamiyatni siyosiy tashkil etish instituti sifatida tashkil etishga e'tiborni qaratadi. Shu ma'noda. davlatning maqsadi va lining qanday ehtiyojlarni o'zida ifoda etishi masalasi va jamiyatda siyosatning qanday tizimga asoslanishi yoki asoslanayotganligini siyosiy-falsafiy jihatdan o'rganadi va tahlil etadi, uni bog'laydi. Ularning manfaat doirasini, manfaatlarni ifoda etish sub'ektlarini aniqlaydi. Shu nuqtai nazardan siyosat falsafasi jamiyatning tabiati hamda maqsadlari nuqta'i nazaridan unga yondashadi va aniqdaydi.
Jamiyatning siyosiy hayoti yaxlit tizim bo1 lib, turli elementlardan tashkil topgan. Bu elementlar orasida davlatning urni aloxidadir. Zero, jamiyatning siyosiy xayotini davlatsiz tasavvur etish mumkin etnas. Chunki aynan unda turli sotsial kuchlarning ijtimoiy-siyosiy manfaatlari to'planib, boshqaruv jarayonida namoyon bo'ladi, Shunday ekan, davlatning mohiyatini anglash siyosat falsafasi uchun ham muhim masala.
Davlatning moxiyati to'g'risida o'tmishda xilma-xil fikrlar bildirilgan. Jumladan, Aristotel fikricha, davlat kishilarning umumiy manfaatdoiiiklari asosida. ularni baxtli kilish maksadida kelishilgan hoida barpo etilgan tashkilotdir. Ba'zi mutafakkir-lar fikricha esa, davlat iloxiy narsa bo'lib, odamlarni boshkarib turadi. T. Gobbs davlat timsolida bir gurux kishilarning kelishu-vi asosida ularga tinchlik-osoyishtalikni ta'minlab, himoya qilib beradigan ijtimoiy shaxe obrazini ko'rgan edi. G. Gegel esa davlatning ibtidosi zuravonlikda, deb biladi. Sh. Monteske ta'kid-lashicha, davlat fuqorolarni bardamlik va tetiklikka chorlab turadi, shuning uchun u bor bo'lganda fuqaroiar osoyishla yashashadi. Shunday qilib, davlatning paydo bo'lishi tasodifiy xodisa emas. G. Gegel aytganidek, davlat o'zining "davlat a'zolari"dan tashkil topgan jonli organizmdir. Davlatning mazmun-mohiyatiga xos umumiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
davlat jamiyat taraqqiyoti maxsuli bo'lib, uning paydo bo'lishi bilan jamiyat xayotini tashkil etish va boshqarishning tarixan barqaror bo'lgan shakllari qaror topadi;
davlat boshqaruvida muqarrar ravishda turli sotsial guruxlar, partiyalar, ijtimoiy harakatlarning muayyan manfaatlari namoyon bo'ladi;
davlat bor joyda markaziy va mahalliy organlardan tashkil topgan boshqaruv hokimiyati mavjud bo'ladi;
davlat hamisha muayyan xududiy biiiikka ega bo'ladi va aholining xududiy taqsimlanganligi davlat boshqaruvini amalga oshirishni qulaylashtiradi;
davlat ichki va tashki siyosatni amalga oshirishda fuqaroiar uchun majburiy bo'lgan qonunlar majmuiga tayanadi;
davlatda aholidan soliqlar yig'ib olish, muomala uchun pul chiqarilishi, budjet siyosati kabilar amalga oshiriladi.
Demak. davlat jamiyatning shunday o'ziga xos siyosiy tashkilotiki, u o'z xalqining ichki huquqiy hayotini ta'minlaydi, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari organlarining normal faoliyatini amalga oshiradi, huquqni nazorat qilib turadi, alqini barcha xavfdan ximoya qilish, o'zga davlatlar oldidagi majburiyatlarini baiarish kafolatini oladi, o'z tasarrufidagi tabiiy resurslar va ma'naviy-madaniy qadriyatlarni asraydi.
Siyosat falsafasining vazifalari siyosiy voqelik asosida yetgan fikrlar. asoslar, tamoillar. g'oyalar va nazariyalar, maqsadlarning moxiyatiga yetish va bilishda aniq, ko'rinadi. U siyosiy tushunchalarning ma'no mazmunini anglab yetishga va farqlashga yordam beradi. Bunda siyosat falsafasining asosiy tushunchalarini to'g'ri. real milliy-madaniy va ijtimoiy-tarixiy voqelikka move ravishda talqin etish muhim ahamiyat kasb etadi. Masachan. "demokratiya" tushunchasi qadimgi yunon tilida "xalq xokimiyatchiligi" yoki "xalq hokimiyati" degan ma'noni anglatgan. Shunga mos ravishda talqin ctiladigan bo'lsa, demokratiyaning muxim belgisi, u yoki bu mamlakatda xalqning oliy hokimiyat egasi ekanligini bildiradi. Lekin biz shu narsani bilamizki, «xalq,» tushunchasi hamturli davrlarda turli ma'no kasb etgan. Masalan, antik davrda xaiq. deganda fakat erkin fukdrolar tushunilgan va u yoki bu polisda xalq. hamma vak.t ham ko'pchilikni tashkil etmagan. Rim imperiyasi davrida xalq. deeanda asosan Rim fukarolari xisobga olingan. Demokratiya atamasining utmishdagi va x,ozirgi zamondagi belgilari taxlil etiladigan bo'lsa, xuddi shunday turli xil talqinlarni ko'rish mumkin. Tabiiyki, Sharq xalqlari hammilliy-madaniy qadriyatlariga moye ravishda Fap6 xalqlaridan farq. qiladigan o'ziga xos demokratiyani tushunish tuyrulariga ega bo'lgan. Demokratiyaning TOTajiHTap yoki avtoritar kurinishlari bo'lishi \am mumkin. Bu masalaga davlat x.oqimiyatini idora etish shakli nuktai nazaridan yondashganda, umumiy uxshash tomonlar hamko'zga tashla-nadi. Masalan, umumxalq, saylovlari yuli bilan saylash. Bu totali-tar rejimda formal xarakter kasb etadi, uning natijasi oldindan aniq,bo'ladi.
Siyosat falsafasini jamiyatning siyosiy o'z-o'zini tashkil etish imkoniyatlari, qonuniyatlari. uni belgilovchi omillar va sabablar ko'prok. qiziqtiradi. U turli xil siyosiy tizimlarning paydo bo'lishi, o'zgarishlari va tarkab ketishi yoki saqlab qolish sabablari bilan kizikadi. Uning kurinishlarini, mazmun-mohiyatini va uning asosida yotgan konun-qoidalarini ochishga harakat qiladi. Ularni yaxlitlik bilan xususiylik, umumiylik bilan individuallik, nazariya va amaliyot, erkinlik va tenglik, adolat va tenglikning siyosiy voqelikdagi o'zviy alok.alorliklarini o'rganish orkali unga javob topish mumkin. Siyosat faisafasini real siyosiy vaziyat eraas, siyosiy voqelik va faoliyatning aniq, namoyon bo'lish shakli emas, balki siyosiy xayotning, siyosiy voqelikning tabiati ko'proq qiziqtiradi.
Masalan, aniq bir davlat, hokimiyatning strukturasi, to'zilishi emas, umuman davlat va hokimiyatning mavjudligi yoki konkret urush, ixtilof emas, balki umuman Hrushning tabiati va uning insoniyat xayotiga ta'siri ko'proq qiziqtiradi.
Siyosiy-falsafiy fikr tarixida xilma-xil oqim va yunalishlar bor. Masalan: liberalizm, konservatizm, siyosiy demokratiya, marksizm, totaiitarizm va boshqalar. Warning siyosiy-falsafiy qarashlaridagi rang-baranglikni xisobga olish va ma'no-nioxiyati-ni bilish siyosat falsafasi nuqtai nazaridan muxim urin tutadi. Siyosat falsafasida yana kuyidagi masalalarning falsafiy jixatlarini o'rganish muxim urin tutadi: 1) Davlat va hokimiyatning moxiyati bilan bog'liq, tavsifiy jixdtlari, siyosiy tizim, huquqiy davlatning mohiyati masalalari. 2) Erkinlikning moxiyati, erkinlik va tenglikning munosabati masalalari. 3) Siyosiy mafkura, unga xos bo'lgan xususiyatlar. Siyosiy mafkuraning siyosatda va hozirgi davrda tutgan o'rni. 4) Siyosiy voqelikning xulq-atvor bilan bog'liq bo'lgan jixatlari, ya'ni siyosiy axloq masalasi. 5) Siyosatga real va edeal nuqtai nazaridan qarash, uning siyosiy xayotda va munosabatlardagi o'rni. 6) Siyosiy munosabatlarning o'zaro murosa, ixtiloflar, konscnsus bilan bog'liq. Ko'rinishlari. ularni keltirib chiqaruvchi sabablar. urushlarning oldini olish, turli xil xavf-xatarlar, taxdidlar bilan bog'liq muammolar.
Mustaqillikka erishilgandan keyin O'zbekiston o'z taraqqiyot yo'lini mustaqil belgila oldi. mamlakatda ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot. demokratik jamiyat qurish bosh strategik maqsadga aylandi. Bugun bizning bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan. qonun ustuvorligiga tayangan, erkin. demokratik jamiyat barpo etishdir. Undagi "erkinlik". "demokratiya", "krnun usnivoiiigi" so'zlariga e'ti-bom; k.aratish kerak. Bu tushunchalar O'zbekiston ko'ravotgan jamiyat-ning qanday umuminsoniy tamoyillarga, qadriyatlarga asoslanishini ko'rsatadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan qat'i nazar munosib hayot sharoitini yaratib berish, rivojlangan demokratik davlatlar kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkiniiklarini ta'miniash davlatimiz siyosatining falsafiy mazmun va moxiyatini ifodalaydi. Bu — xalqimizning asriy airanalariga, insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda rivojlangan davlatlar tajribalaridan shunchaki nusxa ko'chirmasdan, o'zimizga xos va o'zimizga move yo'lni izchil davom ettirishni anglatadi. Bu jamiyat hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mamlakatimiz siyosiy xayotining barcha soxalarini, daviat va jamiyat qurishni erkinlashtirish, axolining siyosiy faolligini oshirish, siyosiy xayotda xaqiqiy ma'nodagi ko'p partiyaviylikni qaror toptirishni bildiradi. Bu maxalliy xokimiyat va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiari faoliyat doirasini kengaytirish. uiarga daviat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o'tkazib borish, nodavlat va jamoat to'zilmalarining huquq. va mavqeini oshirishni ko'zda tutadi. Bu "Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari" koniyegshiyasini amalga oshirish mamlakatimizdagi siyosiy voqelik ma'no va mazmunining siyosiy- falsafiy jixatini anglatadi.
O'zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonlarining huquqiy asosini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko'ramiz. Konstitutsiya o'ziga xos falsafiy mazmunga ega bo'lib. unda O'zbekistonda ko'rilayotgan demokratik jamiyatning ustuvor maqsadlari. tamoyillari, inson huquq va erkiniiklari o'zining yaqqol ifodasini topgan. Buni O'zbekistonning daviat va jamiyat qurilishida, daviat x.oqimiyatini amalga oshirish shakli bo'lgan Prezidentlik Respublikasida, daviat xrkimiyatining bo'linish prin-siplari, ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro xokimiyati va sud hokimiyatida. shuningdek, mamiakatda siyosiy institutlar, mafko'ralar va fikrlar xilma-xilligiga asoslangan holda rivojlanish to'g'risidagi muhim konseptual kirada o'z ifodasini topgan. Mustaqillik tufayli mamlakatda ko'p partiyaviylik omili paydo bo'ldi. Nodavlat, notijorat va jamoat birlashmalari faoliyat kursatmokda. Bugungi kunda mamlakatimizda ikki palatal] paiiamentga utilayotga-ni hamO'zbekiston tarak.kiyotning o'ziga xos modeliga ega ekanli-gini kursatadi.O'zbekistonda demokratik jamiyat kurish, yagona kommunistik ak.idalardan farqdi ravishda, milliy Istiqlol g'oyasiga asoslangan xolda amalga oshirilmoqda. Uning asosiy g'oyalari orqali ham O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyatning siyosiy va falsafiy ma'no-mazmunini anglab olish mumkin. O'zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo`lidagi bosh g'oyasi — ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayotni barpo etishdan iborat. Vatan ravnakqi, Yurt tinchligi. Xalq farovoniigi. komil inson, ijtimoiv xamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik g'oyalarida demokratik jamiyatning siyosiy va falsafiy ma'no-mohiyati mujassamlashgan. Bu g'oyalar mamlakatimiz siyosiy voqeyeligini, uning o'ziga xos milliy va ma'naviy xususiyatlarini aks ettiruvchi chuqur falsafiy mazmunga ega. Bugun biz mamlakatimizda siyosat falsafasini fan va ilmiv yunalish sifatida o'rganishda dastlabki tajribalarga ega bo'imokdamiz. Bu borada yangi-yangi qarashlar paydo bo'tislii shubxasiz.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin