Ijtimoiy psihologiya sotsial muxit, kundalik turmush sharoitlari ta’siri ostida vujudga keladi va rivojlanadi. Uni subektiga ko`ra muayyan ijtimoiy guruh, elat, millat psihologiyasi kabi turlarga bo`lish mumkin.
Millatlarning etnosotsial birlik sifatida shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ustuvor ahamiyatga ega. Тarixga nazar tashlar ekanmiz, ayrim xududda yashagan aholining doimiy aloqada bo`lishi, o`zaro ta’siri, munosabati natijasida tilda, madaniyatda umumiylikning shakllanishga ta’sir qilganligini ko`ramiz. Bunday sharoitda psihologiyada ham o`xshash tomonlar yo`zaga kela borganligi tabiiy, albatta.
Aloxida olingan bir millatga xos bo`lgan psihologik jixatlarni ushbu millat bosib o`tgan tarixiy yo`ldan, xalqaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlardan kidirish zarur. Ijtimoiy vokelikning o`zgarishi bilan milliy psihologiyaga xos bo`lgan xususiyatlar ham o`zgarib boradi. Ammo bu o`zgarishlar nisbatan sekin kechganligi tufayli, u hamma vaqt ham tezda ko`zga tashlanavermaydi.
Milliy psihologiyaga xos jixatlarni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o`zgarishlarni amalga oshirishda inobatga olish muxim ahamiyatga egadir. Bu amalga oshirilayotgan siyosatning xalq kunglidan chuqur joy olishini hamda ushbu o`zgarishlarning muvaffakiyatini ta’minlaydi.
Ijtimoiy mafko`ra (ideologiya) ijtimoiy psihologiyadan tubdan farq qiladi. Ijtimoiy psihologiya sotsial guruhlar hayotini muayyan xis-tuyg`ular, kayfiyatlarda bevosita aks ettirsa, ijtimoiy ideologiya sotsial guruhlar extiyojlari, manfaatlarining ichki mohiyatini, sababini har xil G`oyalar, nazariyalar, ta’limotlar shaklida aks ettiradi. Shuning uchun ham u ijtimoiy hayotga aks ta’sir o`tkaza olish xususiyatiga ega bo`ladi. Ayni paytda, ideologiyaning G`oyalar tizimi sifatida chiqishida, uning o`zi uchun katta xavf ham yashiringanligini ta’kidlash zarur. U real vokelikdan, shu jumladan, kishilar ruxiyatida sodir bo`layotgan jarayonlardan o`zoklashib hayotiligini yo`qotgan G`oyalar-dogmalar sistemasiga ham aylanib qolishi mumkin. Bunday hollarda mafko`ra taraqqiyot tormoziga aylanib, oxir-oqibatda xalokatga yo`z tutadi.