Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə67/89
tarix13.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#140452
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Ma’naviyat — ochiq tizim. Butunlik sifatida ma’naviyatning eng asosiy xususiyatlaridan biri uning ochiq tizim ekanidadir. Ma’naviyatning asrlar va ming yilliklar davomida o`zluksiz rivojlanib borish sababi ham xuddi mana shu ochiqlikda. Ma’naviyatni tashkil qiluvchi unsurlarning har biri boyib va boshqa unsurlar bilan mutanosiblikda rivojlanib borgani sari ma’naviyat ham boyib, rivojlanib boradi. Bu rivojlanish shuningdek, eskirgan unsurlarning chiqib ketishi va yangi unsurlarning kirib kelishi evaziga ham ro`y beradi. Agar jahondagi biror xalq o`z ma’naviyatini boshqa xalqlar ma’naviyatiga qarshi kuysa, yoki ulardan ixotalab olsa, u tanazzulga yo`z tutadi. Har bir xalq ma’naviyati boshqa xalqlar ma’naviyatidan oziqlanib va ularga oziq berib boyiydi.
Ma’naviyatda milliy va umuminsoniy jixatlar o`zaro uyg`un tarzda mavjuddir. Bu uyg`unlik ma’naviyat targ`ibiga kirgan unsurlarda milliy va umuminsoniy jixatlarning uzviy bog`liqligi bilan izohlanadi. Jumladan, axloq, san’at, din singari ijtimoiy hodisalarda ham milliy, ham umuminsoniy jixatlar mavjud bo`lib, ularning mutanosibligi ma’naviyatdagi milliylik va umuminsoniylik mutanosibligini belgilaydi. Shuning uchun ham ma’naviyatdagi milliylik va umuminsoniylik nisbati uning targ`ibidagi axloq, san’at, mafko`ra singari hodisalarda shu jixatlarning qanday mutanosiblikda ekaniga bog`liq.
O`zbeklar axloqidagi oriyat, diyonat, kattalarga hurmat, mexmondo`stlik, mehnatsevarlik kabi sifatlarga ularning ruxiyatidagi samimiylik, insof, ba²rikenglik, sharm-xayolilik jixatlari, milliy adabiyot va san’ati qo`shilib o`zbek ma’naviyatining o`ziga xos xususiyatlarini shakllantiradi.
Shurolar davrida o`zbek milliy ma’naviyatining hayotbaxsh sarchashmalarini, xalq tarixidan o`zib qo`yishga, sun’iy va zuraki baynalmilallashtirishga harakat qilindi. Ular totalitar tuzum ko`tgan natijani bermagan bo`lsa ham, lekin izsiz o`tib ketmadi. Markazning millat va xalqlarni bo`lib tashlash va xukmronlik qilish siyosati amalga oshirilishi natijasida millatning muayyan qismi ruxiyatida boqimandalik singari illatlar tomir ota boshladi. Milliy istiqlol qulga kiritilganidan keyin bu salbiy sifatlardan kutulish va milliy ma’naviyatning o`zagi bo`lgan milliy G`oya, milliy mafko`ra atrofida xalqni jipslashtirish imkoni tug`ildi.
Ma’naviyat falsafasi uning targ`ibi, mazmuni va mohiyatini tahlil qilishdan tashqari, uning ijtimoiy hayotdagi o`rnini tahlil etishni ham taqozo qiladi. Jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning o`rni naqadar muximligini shundan ham bilib olsa bo`ladiki, bu taraqqiyot o`zaro uzviy bog`liq ikki jarayon, ya’ni moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarishning birligidan iborat.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin