Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə11/89
tarix13.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#140452
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizi

Maxmudxuja Bexbudiy (1875-1919) jadidchilik harakatining asoschilaridan biri bo`lib, yangi maktablar kurish, yosh avlodni mustaqillik ruxida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va taraqqiyot uchun ko`rashga katta xissa qo`shgan mutafakkirdir.
Bexbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Risolayi juKrofiyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», «Risolai juKrofiyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning asosiy asari «Padarqo`sh» dramasidir. Bo`lardan tashqari, Bexbudiy ko`plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qildi, nashr ishlari bilan mashg`ul bo`ldi. Uning maqolalarida millat va Vatan takdiri, mustaqillik G`oyasi, axloq va ta’lim-tarbiya va boshqa masalalar o`rin olgan.
Jadidchilik haraktining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934). U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni qo`shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni bolalarga o`qitish yo`lga quyildi. Mutafakkir «Ikkinchi muallim», «Birinchi muallim», «Alifbedan so`ngi ukuv kitobi» kabi darsliklarni yaratdi.
Ayniqsa, olimning «Тurkiy guliston yoxud axloq» darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafko`rasining shakllanishida muxim ahamiyatga ega bo`ldi. Unda bolalarga ilm-fan sirlarini urgatish, yaxshi xulk-odob qoidalarini singdirish, Тurkiston xalqini asriy qoloklikdan kutkarish yo`llari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xomashyo qaramligidan xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yo`qsaltirish masalalari yoritilgan.
Avloniy «Advoqatlik osonmi», «Biz va Siz», «Portugaliya inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, o`zbek teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib xissa qo`shdi.
Jadidchilik haraktining yana bir yorkin vakili Abdurauf Fitrat (1884-1939) bo`lib, ilmning ko`p soxalarida ijod qilgan mutafakkirdir. Olim «Sayxa» («Bong»), «Хind sayyoxining kissasi», «Uchkun» to`plami, «Chin sevish», «Хind ixtilochilari», «O`zbek tili grammatikasi», «Chiqatoy adabiyoti» va boshqa ko`plab asarlar yozdi. Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan ko`tkazish, ilm-ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning o`zligini tanishi, ongining usishi, kuchli va rivojlangan davlat to`zish, xalqning bilimdon bo`lib, tijorat va tadbirkorlik bilan shug`ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o`rganish kabi G`oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va vatanparvarlik ruxi bilan sug`orilgan G`oyalari hozir ham tadbirkorlik, ma’naviyat va ma’rifatni ravnak toptirishda, milliy G`oya va mafko`rani shakllantirishda, xalqning o`zligini anglashida muxim ahamiyatga ega.
Хullas, O`zbekiston xududidagi temuriylardan keyingi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixini kiska yoritish shundan dalolat beradiki, u bizning davrimizgacha o`zluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovatining yo`qsalishida muxim ahamiyatga ega bo`lgan. Lekin mustabid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, sinfiy nuqtai nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya mafko`rasi talablariga to`g`ri keladigan G`oya va fikrlarga e’tibor berildi. 1917 yildagi Oktabr tuntarishidan sung asta-sekin utmish ma’naviyati, falsafiy fikri o`rnini markscha-lenincha mafko`ra egallay boshladi. Oliy ukuv yurtlari, keng xalq ommasi orasida dialektik va tarixiy materializm va ilmiy ateizm targ`ib qilindi, ularga to`g`ri kelmaydigan ta’limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. Eng achinarlisi shuki, o`z milliy madaniyati, urf-odati va ana’analariga sodik bo`lgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyolilar, shoir va yozuvchilar kuvKinga uchrab, qatag`on qilindi.
Lekin yuqoridan bo`lgan taziyklarga qaramay, madaniy-ma’naviy va ijtimoiy-falsafiy merosimizni o`rganish, tadqiq qilish tamoman to`xtab qolmadi. 60-70 yillarda I.M. Muminov, V. Zoxidovlarning ijtimoiy-falsafiy fikr tarixi buyicha tadqiqotlari ahamiyatga ega bo`ldi. Ular Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Navoiy, Ali Јushchi, Mirza Bedil va boshqalarning falsafiy dunyoqarashini tadqiq qildilar.
O`zbekistonning mustaqillikka erishuvi madaniy merosimizni holisona, xaqqoniy va yangicha tafakkur asosida tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa sobik mafko`raning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafko`ramizga tayanib boy ma’naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsafiy tafakkur tarixini chuqur va har tomonlama o`rganishdir.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin